Gonoblenoreya
Gonoblenoreya (Gonoblenorhoeae) — koʻz shilliq pardasi (konʼyunktiva)ga gonokokklar tushishi natijasida uning oʻtkir yiringli yalligʻlanish kasalligi hisoblanadi. Kasallik koʻpincha chaqaloqlarda va katta odamlarda ham uchrashi mumkin[1].
Etiologiyasi
tahrirChaqaloqlar tugʻilish paytida kasal onadan Neisser gonokokkini yuqtiradi va 2-3 kundan soʻng yashirin davri boʻladi.
Patogenezi
tahrirKasallikning 4-kuniga kelib uning koʻzi qizaradi, qovoqlari qattiq shishadi va koʻzidan qizgʻish yuvindi (goʻsht ivindisiga oʻxshash) suyuqlik chiqa boshlaydi, uning qovoqlari qattiq shishgandan koʻkimtir tus oladi va juda taranglashib ochilmay qoladi. Ularning ikkala koʻz shilliq pardasi ham qizarib shishadi va tez qonaydigan boʻladi.
Klinikasi
tahrirShu vaqtda chaqaloqning ahvoli nihoyatda ogʻir, isitmasi baland, emmaydi, uxlamay gʻingshib chiqadi. 3-4 kundan keyin qovoqning shishi kamayib, u yumshab salqib qoladi va koʻzdan juda koʻp sargʻish, quyuq yiring chiqaveradi. Baʼzida bunday shish shox pardaga tazyiq berib, unda moddaalm ashinuvini buzadi, epiteliysi yiring bilan tirnalib, xiralanadi va hattoki yaralanishi ham mumkin. Bu yara bitib tuzalgan taqdirda shox pardada chandiq paydo boʻlib, koʻz koʻrmay qoladi yoki uning oʻrtasida paydo boʻladigan sap-sariq yiringli yara yorilib, infeksiya koʻzning ichiga ham kiradi. Bunda koʻz ichki pardalari yalligʻlnib, endofialmit panoftalmitga aylanishi mumkin. Yosh bolalarda ham klinik koʻrinish shu tariqa boʻlib, yana ogʻirroq boʻlishi mumkin. Katta odamlar koʻziga infeksiya ularning gigiyenaga ahamiyat bermaganidan oʻtadi. Bular esa bu kasallikdan yana kooʻproq qiynalishadi. Koʻpincha ularda isitma koʻtariladi, butun aʼzoi badani ogʻrib, yuragi ham zararlanadi, qoʻl-oyoqlari qattiq ogʻriydi. Koʻz zararlanishi klinikasi oldingilarnikiga oʻxshasa ham, lekin ogʻirroq oʻtib, shox pardada chandiq yoki u yorilib koʻz puchayib qolishi mumkin[2].
Tashxisi
tahrirTaslixis qoʻyish kasal koʻzining klinik koʻrinishi va bakteriologik tekshirib gonokokkni aniqlash asosida boʻladi.
Davolash
tahrirDavolash koʻzni marganets tuzi eritmasi, furatsillinning eritmasi bilan har soatda yuvish, koʻzga penitsillinning (500000:1,0 g) eritmasini, 30 % sulfatsil natriy eritmasini tez-tez tomizish, kechalari esa ularning quruq poroshogini bir marta sepaverish bilan davolanadi. Chaqaloq, yosh bola va kattalarga parenteral penitsillin, linkomitsin va boshqalarning katta dozasini qoʻllash kerak va umuman bosh ogʻrigʻi, isitmani tushiruvchi dorilar, vitaminlar beriladi. Koʻzning bu ogʻir kasalligi qancha erta aniqlanib, davolash tezlik bilan boshlansa, asorat kam boʻladi.
Profilaktikasi
tahrirProfflaktika uchun hozirgi vaqtda yangi tugʻilgan bola koʻziga tezlik bilan 20 % natriy sulfatsidi yoki penitsillinning (50000:1,0 mlda) eritmasidan tomizish zarur. Ilom ilador ayollarni esa ayollar maslahatxonasida obdon tekshirib davoalsh shart. (Umuman profilaktika keng qoʻllanganidan bu kasallik hozir juda kam uchraydi).