Good to Great
"Yaxshidan buyukka: Nega baʼzi kompaniyalar muvaffaqiyatga erishadi va boshqalar bu ishni uddasidan chiqa olmaydi" – bu James C. Collins tomonidan yozilgan boshqaruv haqidagi kitob boʻlib, kompaniyalar qanday qilib yaxshi kompaniyalardan buyuk kompaniyalarga aylanishi va koʻp kompaniyalarning bu oʻtishni nimaga amalga oshira olmasligini tushuntiradi. Kitob bestsellerga aylangan va toʻrt million nusxada sotilgan, shuningdek, anʼanaviy biznes kitoblari auditoriyasidan ancha oshib ketgan[1]. Ushbu kitob 2001 yil 16-oktabrda nashr etilgan.
Yaxshidan Buyukka oʻtgan kompaniyalar
tahrirBuyuk kompaniyalar va ularning taqqoslanadigan raqobatchilari
tahrirKollinz oʻz kitobida sanoat turi va imkoniyatlar boʻyicha oʻxshash boʻlgan, ammo „yaxshidan-buyukka“ oʻsishga erishmagan oʻn bitta „buyuk kompaniya“ va ularning taqqoslanadigan raqobatchilarini topadi:
Buyuk kompaniya | Taqqoslanuvchi kompaniya |
Abbott Laboratories | Upjohn |
Circuit City Stores (declared bankruptcy in 2008; brand relaunch in 2016) | Silo |
Fannie Mae | Great Western Bank |
Gillette Company (now a Procter & Gamble brand) | Warner-Lambert Co |
Kimberly-Clark | Scott Paper Company |
Kroger | A&P (declared bankruptcy in 2010 and 2015; all supermarkets sold or shut down in 2015) |
Nucor | Bethlehem Steel |
Philip Morris | R. J. Reynolds |
Pitney Bowes | Addressograph |
Walgreens | Eckerd |
Wells Fargo | Bank of America |
Oʻzgarishni davom ettira olmagan kompaniyalar
tahrirKollinz oʻz kitobida buyuklikka erishgan, ammo bu oʻzgarishni davom ettira olmagan olti kompaniyani misol qilib keltiradi. Bu kompaniyalar, „… alohida bir guruh sifatida koʻrib chiqiladi“[2]:
Oʻzgarishni davom ettira olmagan kompaniyalar |
Burroughs |
Chrysler |
Harris |
Hasbro |
Rubbermaid |
Teledyne |
Natija
tahrirMaqtovlar
tahrirKitob „The Wall Street Journal gazetasining bosh direktorlari kengashi aʼzolarining bir nechtasi tomonidan oʻqilgan eng yaxshi menejment kitobi“ sifatida qayd etilgan."[3]
Publishers Weekly uni „oʻqishga arzirli“ deb atagan, garchi „Collinsning biznes yuritish boʻyicha koʻplab qarashlari juda oddiy va umumiy tushunchalarga asoslangan“ boʻlsa-da[4].
Bu Time jurnalining „25 ta eng taʼsirli biznes menejment kitoblari“ roʻyxatida „chuqur tadqiq qilingan tahlil…“ deb taʼriflangan[5].
Tanqid
tahrir2012-yilda chop etilgan "The Moral Fox" maqolasida Piter C. DeMarko Kollinzning kitobidagi katta xatoni „yaxshilikni buyuklikka qarama-qarshi qoʻyishda“ deb koʻrsatadi[6]. Shu sababdan, Kollinz beixtiyor ochkoʻzlikning bir turi sifatida koʻrsatib qoʻygan.[6] DeMarko kitobni tasvirlash uchun Ezopning original masalini keltirib oʻtadi.
Holt va Kameron esa kitob „oʻziga xos strategik imkoniyatlar va qiyinchiliklarni eʼtiborsiz qoldiruvchi umumiy biznes retseptini“ taqdim etadi, deb hisoblashadi[7].
Stiven D. Levitt kitobda „buyuk“ sifatida tanlangan baʼzi kompaniyalar, masalan, Circuit City va Fannie Mae, jiddiy muammolarga duch kelganini, faqat Nucor „fond bozorini sezilarli darajada yengib chiqqanini“ va „Abbott Labs“ va „Wells Fargo“ esa „yahshi natijalarga erishganini“ qayd etadi. U shuningdek, 2001-yilda kitobda yoritilgan 11 kompaniyaga sarmoya kiritish aslida S&P 500 indeksidan past natija berishini taʼkidlaydi[8]. Levitt xulosasiga koʻra, bunday kitoblar „asosan oʻtmishga qaratilgan“ boʻlib, kelajak uchun yoʻl-yoʻriq bera olmaydi[9]."
John Griethaus kitobga tanqidiy sharhida Kollinz bir marta „Kitoblar hech qachon bu kompaniyalar har doim buyuk boʻlishini vaʼda qilmagan, faqat bir paytlar buyuk boʻlganligini“ aytganini daʼvo qiladi. Griethaus bu gapni Kollinzning kitobni va boshqa oldingi ishlari himoya qilishga boʻlgan urinish deb talqin qiladi. Griethaus, shuningdek, Kollinzning "How the Mighty Fall: And Why Some Companies Never Give In" kitobi baʼzi muvaffaqiyatsiz kompaniyalarni Kollinzning kitoblari chop etilgani uchun keskin oʻzgargani kabi vaziyatlarga eʼtiroz bildiradi[10].
Oʻxshash kitoblar
tahrir- Built to Last: Successful Habits of Visionary Companies by James C. Collins and Jerry I. Porras
- Great by Choice: Uncertainty, Chaos and Luck – Why Some Thrive Despite Them All by James C. Collins
- Great at Work: How Top Performers Do Less, Work Better, and Achieve More by Morten T. Hansen
- The Halo Effect
- In Search of Excellence by Thomas J. Peters and Robert H. Waterman
Manbalar
tahrir- ↑ Bryant, Adam. „For This Guru, No Question Is Too Big“ (2009-yil 23-may).
- ↑ „Good to Great“.
- ↑ Alan Murray. The Wall Street Journal Essential Guide to Management. New York: HarperCollins, 2010 — 11-bet. ISBN 978-0-06-184033-3.
- ↑ „GOOD TO GREAT: Why Some Companies Make the Leap... And Others Don't (Review)“ (2001-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
- ↑ Sanburn, Josh (9 August 2011). „The 25 Most Influential Business Management Books“. Time. Qaraldi: 29 August 2022.
- ↑ DeMarco, Peter „The Moral Fox“. Priority Thinking (2023-yil 30-yanvar).
- ↑ Holt, Douglas; Cameron, Douglas. Cultural Strategy. Oxford University Press, 2010. ISBN 978-0-19-958740-7.
- ↑ „Business Advice Plagued by Survivor Bias“ (2009-yil 17-avgust).
- ↑ Levitt, Steven D. „From Good to Great … to Below Average“. Freakonomics (2008-yil 28-iyul).
- ↑ „How The Mightily Unaware Fall“. infochachkie.com. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
Qoʻshimcha havolalar
tahrir- Wiki Chapter Summaries of Good to Great
- Good To Great Best Business & Economics Audiobook (Wayback Machine saytida 2022-04-07 sanasida arxivlangan)