Google Keep 2013-yilda Google kompaniyasi tomonidan eslatmalar va teglar (heshteglar) yaratish, tahrirlash va saqlash uchun yaratilgan bepul dasturdir. Google Keep internet-dastur ko'rinishida bo'lib, iOS tizimida ishlovchi qurilmalar uchun Google Chrome brauzeridagi qo'shimchalar yordamida[1], Android qurilmalarida ilovalar orqali foydalanish imkoni mavjud.

Google Earth
MuallifGoogle
Ishlab chiqaruvchiGoogle
Chiqish sanasi2013-yil
Eng so‘nggi versiyasi5.21.201.03.30 (1-iyun, 2021-yil)
Operatsion sistemaAndroid, Chrome OS
Til(lar)koʻptilli
Statusfaol
LitsenziyaErkin
Vebsayt:keep.google.com

Ilova ko'rinishlari tahrir

Internet talqini tahrir

Google Keep dasturining ushbu talqinida quyidagi imkoniyatlar mavjud: eslatma o'rnatish, eslatmalar rangini o'zgartirish, rasm qo'shish, yangi varoqlar qo'shish. Internet talqinida elementlarni ro'yxatda siljitish mumkin hamda o'zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi.

Android talqini tahrir

Google Keep faqat Android 4.0.3 (Ice Cream Sandwich) yoki undan yuqori talqinlardagi qurilmalarga o'rnatilishi mumkin. Eslatmaga o'zgartirishlar kiritganingizda, ular avvalgi versiyani tiklash imkoniyatisiz avtomatik ravishda saqlanadi.

Chrome OS talqini tahrir

Google Keep dasturi Chrome OS tizimi hamda Google Chrome uhun mavjud bo'lib, bu talqinda eslatmalarni yaratish va internet mavjud bo'lmaganda tahrirlash hamda rasm qo'shish imkoni mavjud.

Dasturdagi yangilanishlar tahrir

2014-yilning noyabr oyida Google kompaniyasi dasturdagi qaydlardan bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi topomonidan foydalanish hamda rang, qaydga ruhsat, ma'lumot turi bo'yicha qidirish imkonini qo'shdi[2] 2016-yil oktabr oyida qaydlar joyi o'zgarmasligi uchun mahkamlash funksiyasini qo'shdi[3] 2017-yilda Keep dasturini Google Hujjatlar dasturi bilan foydalanish imkoni yaratildi[4][5] 2017-yil iyulida Google dasrning Android talqinini yangilab, o'zgarishlarni bekor qilish hamda o'zgartirish imkonini qo'shdi[6][7]

O'xshash dasturlar tahrir

Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar Google Keep singari dasturlarni taqdim etishmoqda. Bular ichida Microsoftning OneNote dasturi, Evertynote, Spirtgpad, Diigo va ko'plab shu kabi dasturlarni keltirib o'tish mumkin.

Manbalar tahrir

  1. „Google Keep - Your thoughts, wherever you are on the App Store“. App Store. 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
  2. Protalinski, Emil „Google Keep now lets you share lists with friends and family, filter notes by attributes“. VentureBeat (17-noyabr 2014-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  3. Whitwam, Ryan „[Update: App shortcuts too New Google Keep update adds note pinning [APK Download]“]. Android Police (19-oktabr 2016-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  4. Anima, Mario „Capture ideas in Google Keep, bring them to life in Google Docs“. The Keyword Google Blog (28-fevral 2017-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
  5. Perez, Sarah „Google's note-taking app Keep joins G Suite, now integrates with Google Docs“. TechCrunch. AOL (28-fevral 2017-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
  6. El Khoury, Rita „Google Keep 3.4.803 gets undo and redo controls [APK Download“]. Android Police (14-iyul 2017-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2017-yil.
  7. Li, Abner „Google Keep for Android finally adds undo/redo controls for text editing“. 9to5Google (13-iyul 2017-yil). 22-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2017-yil.