Gordon Rojer Alexander Buchanan Parks (1912-yil 30-noyabr – 2006-yil 7-mart) amerikalik fotograf, bastakor, yozuvchi va kinorejissor boʻlib, 1940-1970-yillarda AQSH fotojurnalistikada, ayniqsa fuqarolik huquqlari, qashshoqlik kabi mavzularda o`zining qarashlari bilan ancha yaxshi tanilgan.

Gordon Parks
Tavalludi
Gordon Roger Alexander Buchanan Parks

30-noyabr 1912-yil
Vafoti 7-mart 2006-yil(2006-03-07)
(93 yoshda)
Manhattan, New York City, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Bolalari Gordon Parks, Jr.
David Parks
Leslie Campbell Parks
Toni Parks-Parsons
Mukofotlari

NAACP Image Award (2003)
PGA Oscar Micheaux Award (1993)[1]

National Medal of Arts (1988)
Spingarn Medal (1972)

Parks yirik kinofilmlarni suratga olgan va rejissorlik qilgan. U "blaksploitation "janrini yaratgan. U 1940-yillardagi kambag'al amerikaliklarning ajoyib suratlari (federal hukumat loyihasi uchun olingan), Life jurnali uchun ishlangan fotoinsholari va 1971-yilgi "Shaft" filmining rejissori sifatida yaxshi esga olinadi. Parks shuningdek, yozuvchi, shoir va bastakor ham bo`lgan. [2][3][4][5]

Yoshlik

tahrir

Parks 1912-yil 30-noyabrda Kanzas shtatining Fort Skott shahrida tug`ilgan. Ota-onasining ismlari Endryu Jekson Parks va Sara Ross bo`lgan. [2] U oilada 15ta farzandning eng kichigi bo`lgan.[6] Uning otasi dehqon bo‘lib, makkajo‘xori, lavlagi, sholg‘om, kartoshka, ko‘kat, pomidor yetishtirar va ularning bir nechta o'rdaklari, tovuqlari va cho'chqalari ham bo`lgan kichik fermasi bo`lgan. [7]

U boshlang`ich ta`limni ixtisoslashtirilgan maktabda olgan. Shahar irqqa ajratilgan maktablarning yaratilishi uchun juda kichiklik qilganligi sababli, u o`rta maktabni oq va qora tanlilar birga o`qiydigan maktabda o`rta ta`limni olgan. Shunday bo`lsa-da qora tanli talabalarga sport bilan shug'ullanish yoki maktabdagi ijtimoiy tadbirlarga borishga ruxsat berilmagan, [8] ammo ular oliy ma'lumotga intilishlarini rivojlantirishdan qaytarilmagan.


Yigirma sakkiz yoshida Parks olgan ishchi muhojirlarining suratlari barchaning e`tiborini o`ziga qaratdi.

U birinchi fotoapparati Voigtländer Brillantni Sietldagi (Vashington) lombard [9] dan 12,50 dollarga sotib olgan. Parksning fotosuratlari namoyish etilib, ommaning e`tiboriga tushgach, uni Minnesota shtati Sent-Pol shahridagi, Frenk Merfiga tegishli bo'lgan ayollar kiyimlari do'koniga fotograf sifatida ishga taklif qilishadi va u faoliyatini shu yerda davom ettiradi. Ushbu fotosuratlar boks bo'yicha og'ir vazn toifasidagi chempion Jo Luining rafiqasi Marva Luisning e'tiborini tortgan. U Parks va uning rafiqasi Salli Alvisni 1940-yilda Chikagoga ko'chib o'tishga undaydi. [10] U yerda Parks ayollarining portret fotosuratlarini tayyorlashga ixtisoslashgan o`z biznesini boshlagan. Parksning Chikagodagi fotografik ishi, uning 1942-yilda Yuliy Rozenvald stipendiyasini olishga olib kelgan va unga oyiga 200 dollar ish haqi to'lanadigan ishga taklif qilishadi. [11] O'z navbatida, Roy Stryker homiyligidagi [12] mamlakatning ijtimoiy sharoitlarini tasvirlab beruvchi Farm Security Administration (FSA) ga qo'shilgan. [13]

Keyingi bir necha yil ichida Parks juda ko`plab ish joyini almashtirgan, mustaqil portret va moda fotografiyasi bilan shug'ullangan. U shaharning janubiy tomonidagi qora getto xronikasini yozishni boshlaydi va 1941-yilda ushbu fotosuratlar ko'rgazmasi tufayli FSA fotografiya bo'yicha stipendiyani qo'lga kiritgan

Manbalar

tahrir
  1. „Gordon Parks, IMDb“. IMDb (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Grundberg, Andy. „Gordon Parks, a Master of the Camera, Dies at 93“. The New York Times (2006-yil 8-mart). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  3. Allen, Erin, "Gordon Parks Remembered", in Library of Congress blog, November 30, 2012. Retrieved January 2, 2016.
  4. Ellis, Donna, "Gordon Parks Papers: A Finding Aid to the Collection in the Library of Congress,", with chronology, Manuscript Division, Library of Congress, 2011, rev. September 2011. Retrieved January 2, 2016.
  5. „R. Retrieved January 2, 2016.“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  6. Zara, Janelle. „'He's inspired so many of us': how Gordon Parks changed photography“ (en). The Guardian (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  7. Parks,1990, p. 6.
  8. Parks, 1990, pp. 1–2.
  9. „Gordon Parks' big score“. Roger Ebert (1972-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  10. Parks, 1990, p. 77.
  11. „Gordon Parks facts, information, pictures | Encyclopedia.com articles about Gordon Parks“. www.encyclopedia.com. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  12. „Artist – The Gordon Parks Foundation“. gordonparksfoundation.org. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  13. Moskowitz, "Gordon Parks: A Man for All Seasons," The Journal of Blacks in Higher Education, 2003.