Gott erhalte Franz den Kaiser
Gott erhalte Franz den Kaiser (nemischa talaffuzi: [ɡɔt ɛʁˈhaltə fʁants dən ˈkaɪ̯zɐˈ]; tarjimasi: '"Xudo imperator Fransiskni asrasin"') Fransisk II va keyinchalik Muqaddas Rim imperatorining shaxsiy madhiyasi edi. Mahiya soʻzlari Lorenz Leopold Haschka (1749-1827) tomonidan yozilgan va Joseph Haydn tomonidan musiqasi bastalangan. Madhiya „Kaiserhymne“ (nemischa: [ˈkaɪ̯zɐˈhʏmnə]; Imperator madhiyasi) nomi bilan ham ataladi.
Musiqa va soʻzlari
tahrir
Gott erhalte Franz den Kaiser, unsern guten Kaiser Franz!
Lange lebe Franz der Kaiser, in des Glückes hellstem Glanz!
Ihm erblühen Lorbeerreiser, wo er geht, zum Ehrenkranz!
Gott erhalte Franz den Kaiser, unsern guten Kaiser Franz!
God save Francis the Emperor, our good Emperor Francis!
Long live Francis the Emperor in the brightest splendor of bliss!
May laurel branches bloom for him, wherever he goes, as a wreath of honor.
God save Francis the Emperor, our good Emperor Francis!
Tarix
tahrirQoʻshiq Avstriyaga Fransiya tomonidan jiddiy tahdid solingan davrda yozilgan[1]. „Gott erhalte Franz den Kaiser“ birinchi marta imperatorning tugʻilgan kunida, 1797-yil 12-fevralda ijro etilgan. U mashhur boʻlib, norasmiy ravishda Avstriyaning birinchi milliy madhiyasi sifatida foydalanila boshlandi.
Kompozitsiya
tahrirMadhiya musiqasining tahliliga koʻra asosiy instrumental ovozlar xalq qoʻshiqlaridan olingan deb taxmin qilinada. Bu gipoteza hech qachon oʻz tasdigʻini topmagan, muqobil varianti shundaki, madhiyaning asl kuyi xalq tomonidan turli versiyalarda xalq qoʻshiqlari sifatida moslashtirilgan.
Tarixiy manbalarga koʻra, madhiya kompozitsiyasi bir nechta qoralamalardan oʻtgan, ular Rosemary Hughes tomonidan kompozitorning tarjimai holida muhokama qilingan. Rosemary Hughes quyida keltirilgan qoralama parchani (yaʼni, qoʻshiqning beshinchi va sakkizinchi qatorlari) takrorlaydi va shunday yozadi: „Uning Vena Milliy kutubxonasida saqlangan eskizlari [qoʻshiqning] qisqartirilgan. Beshinchi va oltinchi satrlarning oldingi, aniqrogʻi qiziqarli versiyasi uning taʼsirchanligini kamaytirgan.“ Musiqachi Joseph Haydn oʻz ijodi davrida ushbu madhiyani pianinoda ijro etishni yoqtirgan.
Matn
tahrirJoseph Haydn hayotlik chogʻida uning doʻsti musiqashunos Charles Burney, madhiya birinchi misrasini ingliz tiliga tarjima qildi[2].
Nemis tilida (asl nusxasi 1797) | Inglizcha tarjima |
---|---|
Gott erhalte Franz den Kaiser, |
God keep Francis the Emperor, |
Manbalar
tahrir- ↑ Quotation from Robbins Landon & Jones 1988, s. 301
- ↑ Geisler, Michael E.. National Symbols, Fractured Identities: Contesting the National Narrative (en). UPNE, 2005. ISBN 978-1-58465-437-7.