Govkush - Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Xoʻja Rushnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh boʻlgan va Shayxontohur koʻchasi (Toshkoʻcha; hozirgi Navoiy koʻcha)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, oʻzbeklar Shayxontohur arigʻidan suv ichgan. Aksariyat aholisi toʻqimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shugʻullangan. Doʻkon, masjid boʻlgan (20-a. boshlari). Mahalla aholisining dexqonchilik yerlari va bogʻlari Otchoparda va Tovqattepada boʻlgan. Govkushning hozirgi hududida Oʻzbek milliy akademik drama teatri va Labzak turar joy mikrorayonining bir kismi joylashgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.