Goy (koʻpligi goyim) – „Tavrot“da ushbu soʻz „xalq“ degan maʼnoni anglatib, yahudiylar yoki boshqa xalqlarning barchasi „goylar“ deb yuritilgan. Oʻrta asrlarga kelib goy atamasi yahudiylik manbalarida aksar holda boshqa xalqlarga nisbatan qoʻllanila boshlandi va oʻzining ilk maʼnosini oʻzgartirdi. Hozirda yahudiylardan boshqalar, yaʼni boshqa din vakillarini ifodalaydi. Bibliyada ushbu atama bir shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi, aksincha, 620 marta koʻplik (goyim), 136 marta birlik (goy) shaklida uchraydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 140.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.