Gozurgoh
Gozurgoh — Hirot shahrida Shohruh Mirzo tomonidan Abdulloh Ansoriy qabri boshida bunyod etilgan mozor va ziyoratgoh.
Tarixi
tahrirQurilishi 1425-yil boshlanib, 1427-yil tamomlangan. Shoxruh ziyoratga katta daromad keltiruvchi yermulklarni vaqf qilgan. Guzurgoh majmuasi Abdulloh Ansoriy qabri atrofida ziyoratchilar uchun qurilgan ayvon va supalarni, ikkita jamoatxona va yana bir imoratni oʻz ichiga olgan. Keyinchalik ushbu mozorga koʻplab mashxur kishilar, olim va din arboblari dafn etilgan. Alisher Navoiy ham bu mozor va ziyoratgohni obod qilishga katta eʼtibor bergan. Bobur 1506-yil Hirotning diqqatga sazovor joylari bilan tanishganda, Gozurgohni ham ziyorat qilgan.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2014-yil — 210-bet.