Grace Aguilar (talafuzzi: Greys Agilar; 1816-yil 2-iyun, Xakni – 1847-yil 16-sentyabr, Mayn ,Frankfurt) – ingliz yozuvchisi, sentimental romanlar muallifi.

Grace Aguilar
Tavalludi
Grace Aguilar

2-iyun 1816-yil
Vafoti 16-sentyabr 1847-yil(1847-09-16)
(31 yoshda)
Frankfurt, Hessen, Germaniya
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland va Britaniya Imperiyasi

Biografiyasi

tahrir

Grace (Miriam) Aguilar 1816-yil 2-iyunda Haknida (hozirgi Londonning bir qismi) diniy taʼqiblardan qochib Ispaniyadan Angliyaga koʻchib kelgan yahudiy savdogar oilasida tugʻilgan[2]. Tugʻilganda unga Miriam ismi berilgan. U uyda taʼlim olgan. Onasi qatʼiy diniy qarashlarni tutgan va qizini har kuni Muqaddas Kitobni oʻqishga majbur qilargan. Grace Aguilar bolaligidan to umrining oxirigacha juda zaif sogʻliqqa ega boʻlgan. Unga optimizm va Xudoga boʻlgan ishonch kuch bagʻishlagan. Rivoyatga koʻra, vafotidan sal oldin u shunday degan: „U meni oʻldirsa ham, men Unga ishonishda davom etaman[3]“.

Gracening ilk adabiy tajribasi yetti yoshidan boshlab yuritar boshlagan kundaliklari hisoblanadi (bu odat yozuvchining umrining oxirigacha saqlanib qolgan). Oʻn ikki yoshida u „Gustavus Vas“ nomli drama yozgan. Uning adabiy asarlarining ilk nashri 1835-yilda muallifi koʻrsatilmagan holda chop etilgan „The magic wreath“ sheʼriy toʻplami boʻlgan. Shundan soʻng, uydagi tarbiya va ona mehrini mavzu qilgan, oʻzaro bogʻliq ikkita hikoya – „Home influence“ (24 marta nashr etilgan, London, 1869) va „The mother’s recompense“ (21 marta nashr etilgan, London, 1869) paydo boʻlgan. Bu asarlar barcha oʻquv yurtlarida va eng yaxshi ingliz oilalarida keng tarqalgan. Garchi u har doim va hamma joyda xristianlik axloqi qoidalariga amal qilgan boʻlsa-da, ayni paytda ota-bobolarining diniga sodiq qolgan</ref>[4] . Bu uning „Women of Israel“ (2 jild, London, 1845; 6-nashr 1870), „The Jewish faith“ (London, 1847), „The martyrs, or the vale of cedars“ va „Womanʼs friendship“ (11-nashr, London, 1870, nemischa tarjimasi Leypsig, 1867) asarlarida yaqqol koʻzga tashlangan.

Uning asarlarining toʻliq nashri (8 jild) 1861-yilda Londonda chop etilgan, bundan tashqari ularning koʻpchiligi „Tauchnitz Collection of British authors“ toʻplamida ham oʻrin olgan.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „Grace Aguilar | Jewish Womenʼs Archive“. jwa.org. Qaraldi: 2019-yil 7-may.
  3. „Грейс Агилар: Кедровая долина | YeVRYeYSKAYa STARINA“ (ru). 2019-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  4. Brown, Susan „Grace Aguilar“. Orlando Project. Cambridge University Press. 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-mart.,