Gradenegg qal’asi
Gradenegg qal’asi — Bugungi kunda xaroba holatda boʻlgan kichik qal’a majmuasi. Avstriyaning Karintiya shahri Glantalboden vodiysidan 300 metr balandlikda, past qoyali tepalikda joylashgan.
Gradenegg qal’asi | |
---|---|
Karintiya, Avstriya | |
Tur | Qal’a |
Joy maʼumoti | |
Holat | Xarobalar |
Joy tarixi | |
Qurilishi | 1192-yil |
Balandligi | 994 metr |
Tafsilotlar
tahrirMajmuaning oʻzagi yirik Romanesk qoʻrgʻoni boʻlib, uning atrofida XIV XV asrlardagi baʼzi kichik ferma binolari saqlangan. Gʻarbda, qal‘a majmuasidan ajratilgan, alohida uch qavatli katta zal joylashgan. Asl qurilishning bir qismi boʻlgan bu bino XVI asrda keng qamrovli taʼmirlangan va kengaytirilgan. Marmar derazalar va eshik devorlari bilan jihozlangan. Qal’a XV asrda barpo etilgan halqali devor bilan oʻralgan. Ushbu muhofazaning shimoli-sharqiy burchagida atrofni kuzatish maqsadida qurilgan kichik burchak minorasi joylashgan[1]. Qal’aga shimol tomondan ham kirish mumkin. Shimol tarafidagi tomon katta xandaq bilan himoyalangan.
Tarix
tahrirQal’a haqidagi birinchi hujjatlashtirilgan maʼlumot 1192-yil 27-mayda yozilgan boʻlib, uni Rudlandus de Gradnich tomonidan Karintiya gersogining vaziri sifatida tasdiqlagan. U Gradenegg lordlariga tegishli edi. Reynprecht fon Gradenegg 1436-yilda mulkka egalik qilgan ushbu oilaning oxirgi vakili edi.
Karintiyalik tarixchi Frants Xaver Kohlaning xabar berishicha, 1787-yilda qal’a yonida yoki unga yaqin yerlarda Rim mis va kumush tangalari topilgan[2]. Kohla eski konlarni ham eslatib oʻtadi.
Qal’a 1796-yildagi kuchli zilziladan jiddiy zarar koʻrgan va koʻp oʻtmay faqat otxonalar va xoʻjalik binolari uchun foydalanilgan. Rassom Markus Pernxart tomonidan chizilgan rasm, qal’aning barcha tomlari taxminan 1870-yilgacha boʻlganligini ko‘rsatadi. Ammo holati nihoyatda achinarli boʻlganligini koʻrsatadi.