Grafika (tilshunoslik)
õzbekiston grafikasi
Grafika (yun. yogargnke, yogarpo — yozaman, chizaman) (tilshunoslikda ) — 1) u yoki bu yozuvning grafemalarni, tinish belgilari, urgʻu belgisi va boshqalarni oʻz ichiga olgan chizma vositalari yig'indisi; fonematik yozuvda grafemalar va fonemalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tizimi; 2) tilshunoslikning harflar va govushlar (grafe-malar va fonemalar) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni oʻrganuvchi boʻlimi.
"G." tushunchasi odatda fonematik yozuv (harf-tovush yozuvi)ga nisbatan qoʻllanadi. Bu yozuvda 3 jihat farqlanadi: alifbo, G. va imlo. Bugungi kunda lotin alifbosi, arab yozuvi va kirill yozuvi asosida tuzilgan milliy yozuv tizimlari koʻproq tarqalgan. mukammal G. haqida fanda mavjud boʻlgan tasavvur (fonemalar va grafemalar oʻrtasida aniq muvofiqlik boʻladigan, har bir grafema bir fonemani bildiradigan, har bir fonema esa bir grafema orqali ifodalanadigan holat) biron bir yozuvda toʻliq oʻz aksini topmagan. Bunday tasavvur faqat muayyan tovush tili bilan yozuv tizimi oʻrgasidagi muvofiqlikni aniqlashda boshlang'ich nuqta boʻlib xizmat qiladi.
Lotin alifbosi asosila tuzilgan qoz. koʻplab yozuv tizimlarida grafe-malar va fonemalar soni oʻrtasidagi tafovutlar ushbu alifboni tubdan oʻzgartirmagan (yoki umuman oʻzgartirmagan) holda qabul qilgan tillarga uning tarixiy moslashtirilishi bilan izohlanadi. Lotin yozuvidagi 25 ta harf hozirgi tillarning aksariyatidagiga nisbatan koʻp (36—46) fonemani aks ettira olmagan. Vaqt oʻtishi bilan tillarning oʻzidagi muqarrar fonetik oʻzgarishlar qisobiga (agar bu tillarning imlosi ananaviyligicha qolgan boʻlsa) grafemalar va fonemalar nisbatidagi tafovut ortib borgan. Bu holat ingliz yozuvida koʻproq namoyon boʻlgan; 46 fonemaning ifodasi uchun ingliz alifbosida 26 ta belgi mavjud. Ingliz yozuvida harfiy birikmalar (murakkab grafemalar) keng qoʻllanadi: digraflar (ikki harf qoʻshilmasi) —sk [k|; trigraflar (uch harf qoʻshilmasi) — oyei[i]; poligraflar (uchdan ortiq harf qoʻshilmasi) — ai§g1 (s :] va boshqa Barqaror harfiy birikmalar ingliz G.si tizimiga fonemalarni ifodalashning qoʻshimcha vositasi sifatida qoʻshilgan. Murakkab grafemalar boshqa tillarning yozuvlarida, mas, nemis, polyak, fransuz, oʻzbek yozuvlarida ham qoʻllanadi. Oʻzbek kirill yozuvidagi ng yoki oʻzbek lotin yozuvidagi p§, s1t, xp harfiy birikmalari murakkab grafe-malar hisoblanadi. Ayrim grafik tizimlarda alifboga maxsus kiritilgan harflar uchraydi. Mas, oʻzbek lotin yozuvidagi o’, s’ harflari yoki fran-suz yozuvidagi s harfi va boshqa
Kirill yozuviga asoslangan yozuvning grafik tizimlari grafemalar va fo-nemalarning miqdoriy nisbatiga koʻra ancha soddaroq. Chunki kirillitsaga asos boʻlgan yunon alifbosi tegishli sla-vyan tillarining fonemaviy tarkibini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan. Kirillitsa, binobarin, rus grafikasi asosida yaratilgan boshqa yozuvlarda ham grafemalar va fonemalar oʻrtasida miqdoriy tafovut kam boʻlishiga eʼtibor qaratilgan. Mas, oʻzbek kirill alifbosidagi oʻ, q, gʻ, h xarflari, hozirgi qirgʻiz alifbosidagi n, 9, u harflari va boshqa
Adabiyot
tahrir- B a l i n s k a ya V. I.. Grafika sovre-meniogo angliyskogo yazmka, M., 1964; volotskaya 3. M., Moloshnaya T. N., Ni-k ol a ye i a T., M., Opgg opisaniya russko-go yazmka v yego pismennoy forme, M., 1964: Makarova R. V. Ponyatiye grafiki i gra-femn, p ki.: Sistema i urovni yazmka, M., 1969;Amirova T.A., K istorii i teorii grafemiki, M., 1977; Amirova T.A., Funksionalnaya pzaimosvyaz pismennogo i zvukovogo yazmka, M., 19X5; 3 i n d s r L. R., Ocherkobshey teorii pisma, L., 1987: Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism, T, 1980.
Abduvahob Madvaliyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |