Graziano Pellè (talaffuzi: Gratiano Pelle; 1985-yil 15-iyulda Italiyada tugʻilgan) — italiyalik hujumchi. Italiya terma jamoasida oʻynagan.

Graziano Pellè
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Graziano Pellè
Tavallud sanasi 15-iyul 1985-yil (1985-07-15) (38 yosh)
Tavallud joyi San Cesario di Lecce, Italiya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2004 Lecce
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Lecce 12 (0)
2005 → Catania (ijara) 15 (0)
2006 → Crotone (ijara) 17 (6)
2006—2007 → Cesena (ijara) 38 (10)
2007—2011 AZ 78 (14)
2011—2013 Parma 12 (1)
2012 → Sampdoria (ijara) 16 (4)
2012—2013 → Feyenoord (ijara) 29 (27)
2013—2014 Feyenoord 28 (23)
2014—2016 Southampton 68 (23)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Italiya U20 10 (7)
2005—2007 Italiya U21 11 (0)
2014—2016 Italiya 20 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 6-oktyabr uchun)

Graziano Pellè „Lecce“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, jamoa asosiy tarkibida futbolchi 2003-yilda debyut qilgan. Graziano Pellè oʻz vatanida muvaffaqiyatli faoliyat olib bora olmagan, shuning uchun 2007-yilda u Gollandiyaning „Alkmaar Zaanstreek“ jamoasiga qoʻshilgan va bu jamoa safida 2009-yil Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Graziano Pellè oʻzi tugʻilgan Lecce tumanining asosiy jamoasi boʻlgan „Lecce“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi[1]. Yoshlar jamoasida bir necha yil oʻynab, 2003-yilda jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Birinchi mavsum davomida Graziano Pellè 10 marta maydonga tushgan, lekin bitta ham gol ura olmagan. Futbolchining debyuti „Bologna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan hamda oʻyinda „Lecce“ 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Graziano Pellè Italiyaga qaytgan va „Parma“ futbol klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan. 18-dekabr kuni u „Parma“ safida debyut golini urib, sobiq futbol klubi boʻlgan „Lecce“ futbol klubi darvozasini ishgʻol qilgan (3:3)[2].

2016-yilning iyul oyida u 13 million funt evaziga Xitoyning „Shandong Taishan“ futbol klubiga oʻtgan va 2,5 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2014-yil 4-oktabrda Graziano Pellè ilk bor Ozarbayjon va Malta terma jamoalariga qarshi o‘yin oldidan milliy terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan[3]. 2014-yil 13-oktabrda Italiya terma jamoasi safida Malta terma jamoasiga qarshi safar o‘yinida debyut qilgan (u asosiy tarkibda maydonga tushgan) va 24-daqiqada o‘yindagi yagona golni kiritgan[4].

2016-yilning 6-oktabr kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Graziano Pellè maydonni tark etayotib, terma jamoa bosh murabbiyi Jampyero Ventura bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan, buning uchun u terma jamoadan vaqtincha chetlashtirilgan[5].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
U. S. Lecce   Italiya 2003—2004 2 0
Calcio Catania   Italiya 2005 15 0
U. S. Lecce   Italiya 2005—2006 11 0
F. C. Crotone (ijara)   Italiya 2006 17 5
A. C. Cesena (ijara)   Italiya 2006—2007 40 11
A. Z. Alkmaar   Niderlandiya 2007—2011 94 16
Parma F. C.   Italiya 2011 13 2
U. C. Sampdoria (ijara)   Italiya 2012 16 4
Parma F. C.   Italiya 2012 1 0
Feyenoord de Róterdam   Niderlandiya 2012—2014 66 55
Southampton F. C.   Angliya 2014—2016 80 30
Shandong Luneng   Xitoy 2016—2020 93 47
Parma Calcio 1913   Italiya 2021 13 1
Umumiy faoliyatida 461 171

Manbalar tahrir

  1. „Graziano Pellè: an Italian romantic having a love affair at Southampton“. The Guardian (2014-yil 29-noyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  2. „Parma 3–3 Lecce“. Soccerway (18 декабря 2011). 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 сентября 2014.
  3. „Pellè e Rugani le novità di Conte per le gare con Azerbaigian e Malta. Torna Bonaventura“ (it). Sito ufficiale della Federazione Italiana Giuoco Calcio (2014-yil 4-oktyabr). 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.
  4. „Malta - Italia - 0:1: Pellè esordio e gol“ (it). La Repubblica (2014-yil 13-oktyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.
  5. „Qualificazioni europee: gol all’esordio di Pellè, a Malta gli Azzurri vincono 1:0“ (it). Sito ufficiale della Federazione Italiana Giuoco Calcio (2014-yil 13-oktyabr). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.