Greta
Greta — Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Hunter mintaqasida joylashgan kichik shaharcha.
Tarix
tahrirMeytlend hududining anʼanaviy yer egalari Wonnarua xalqidir[1]. Greta hududi birinchi marta 1830-yilda Anvil Creek atrofida yevropaliklar tomonidan mustamlaka qilingan[2].
1842-yilda shahar oʻrganilganda, unga Angliyaning Kumberlend shahridagi kichik daryoning nomiga berilgan. 1862-yilda temir yoʻl stantsiyasining rivojlanishi, koʻmir sanoati rivojlanishiga turtki boʻldi[2].
1864-yilda kerosinli slanets topildi. 1870-yillarga kelib Gretada toʻrtta mehmonxona, toʻrtta cherkov, maktab va sanʼat maktablari boʻgan. Geolog Edjvort Devid 1886-yilda Gretada koʻmir qatlamini aniqladi. 1907-yilga kelib, oʻnta kolliyer ishlagan[2].
2016-yilgi aholi roʻyxatga olinganda shahar aholisi 2,830 kishi edi[3]. 2021-yilda qayta roʻyxatga roʻyxatga olishda 3349 kishiga koʻpaydi[4].
2023-yil iyun oyida Gretadagi aylanma yoʻlda avtobus halokatga uchragan va 10 kishi halok boʻlgan[5].
Greta armiyasi lageri
tahrirShahar chekkasida joylashgan Greta armiyasi lageri 1939-yilda Ikkinchi jahon urushi uchun askarlarini tayyorlash uchun poligon sifatida ochiladi. 1949-yilda lager Immigratsiya departamentiga oʻtkazilgan va u Avstraliyaning eng yirik migrantlarni qabul qilish va oʻqitish markazlaridan biriga aylantirilgan.. 100 000 dan ortiq muhojirlar 11 yil davomida Greta shaharchasi orqali Avstraliyaga kirib kelgan[6].
Transport
tahrirGreta Nyu-England shossesida, Sidneydan taxminan 183 km (114 mi) shimolda joylashgan. 1869-yilda Gretadan Sidneyga boradigan temir yoʻl stantsiyasi ishga tushdi[7].
Greta rasmlari
tahrir-
Greta urushi yodgorligi
-
Greta dam olish maskani
-
Gretaning Hunter daryosi suv havzasi
-
Greta Tidy Towns bolalar shaharni ozoda saqlash uchun o'rnatilgan banner
Eslatmalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Aboriginal and Torres Straight Islander Peoples“. Maitland City Council (2017-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Greta, NSW“ (en-US). Aussie Towns. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Greta (NSW) 2016 Census“. Australian Bureau of Statistics. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Greta (NSW) 2021 Census“. Australian Bureau of Statistics. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Roberts, Millie; Stephens, Romy; Wakatama, Giselle. „Ten people die in Hunter Valley bus crash, 25 others taken to hospital“. Australia: ABC News (2023-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Newcastle City Council. „New Lives, New Australians – Snapshots of Greta Migrant Camp, 1949 – 1960“. Local Government & Shires Associations of NSW. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Main North Line“. NSWrail.net. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Greta haqida turkum mavjud |
- „Greta“. Australian Explorer. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
Andoza:Suburbs of City of CessnockAndoza:Suburbs of City of Maitland