Grevis kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar orasida 30% dan koʻp hollarda koʻz bilan bogʻliq boʻlgan grevis oftalmopatiyasi uchraydi. Ushbu patalogiyada immun tizimi anormal faoliyati va yalligʻlanish jarayonlari sababli koʻz atrofi mushaklari va boshqa toʻqimalar shikastlanadi. Belgilar va alomatlar quyidagi shakilda namoyon boʻlishi mumkin:

  • Shishgan yoki tortilgan koʻz qovoqlari.
  • Shishgan koʻzlar.
  • Koʻzlar xiralashuvi.
  • Koʻz bosimi yoki ogʻriq.
  • Gipersezuvchanlik- nurga sezgirlik.
  • Qizargan yoki yalligʻlangan koʻzlar.
  • Koʻrish qobiliyatini yoʻqotish.
  • Ikkilangan koʻrish[1].

Grevis oftalmopatiyasining etiologiyasi tahrir

Grevis oftalmopatiyasi koʻz soqqasining orqa qismidagi mushak va boshqa toʻqimalarida maʼlum bir turdagi uglevodlar toʻplanishi sababli yuzaga keladi. Bu trofik jarayon sababi ham nomaʼlum. Bundan tushuniladiki qalqonsimon bez gipersekretsiyasiga sabab boʻluvchi anormal antitanalar koʻz toʻqimalariga ham taʼsir qilib uning normal morfologiyasini oʻzgartirib yuboradi.

Grevis oftalmopatiyasi koʻp hollarda gipertiroidizm bilan paralel ravishda yoki bir necha oydan soʻng paydo boʻladi. Ammo oftalmopatiya belgilari gipertiroidizm boshlanishidan bir necha yil oldin yoki keyin yuzaga chiqishi ham mumkin. Grevis oftalmopatiyasi gipertiroidizm boʻlmagan hollarda, yakka oʻzi ham paydo boʻla oladi[2].

Grevis oftalmopatiyasini davolash tahrir

Grevis oftalmopatiyasining yengil alomatlarini kunduz kunlari retseptsiz beriladigan sunʼiy koʻz yoshlari va kechasi moylash gellari yordamida boshqarish mumkin.

Kortikosteroidlar. Prednizon kabi kortikosteroidlar bilan davolash koʻz qovoqlari orqasida shishishni kamaytirishi mumkin. Nojoʻya taʼsirlar orasida suyuqlikni ushlab turish, vazn ortishi, qondagi glukoza miqdori koʻtarilishi, qon bosimining oshishi va kayfiyatning oʻzgarishi boʻlishi mumkin.

Teprotumumab (Tepezza). Ushbu dori Grevis oftalmopatiyasini davolash uchun ishlatilishi mumkin. U har uch haftada yelka venasiga yuboriladi va sakkiz marta beriladi. Bu koʻngil aynishi, diareya, mushaklarning spazmlari va qon shakar darajasining koʻtarilishi kabi yon taʼsirga olib kelishi mumkin. Ushbu dori yangi boʻlgani uchun uning Grevis oftalmopatiyasini davolashdagi roli hali aniqlanmagan.

Prizmalar. Grevis kasalligi tufayli yoki grevis kasalligi uchun jarrohlikning yon taʼsiri sifatida ikkilangan koʻrish yuzaga kelishi mumkin. Prizmalar hamma uchun ish bermasa ham, koʻzoynak prizmalari ikki tomonlama koʻrishni bartaraf qilishi mumkin.

Orbital dekompressiya operatsiyasi. Ushbu operatsiyada koʻz boʻshligʻi (orbita) va sinuslar orasidagi suyak — orbita yonidagi havo boʻshliqlari olib tashlanadi.

Orbital radiatsiya terapiyasi. Bir vaqtlar bu kasallikni davolash uchun keng tarqalgan usul edi, ammo foydalari noaniq. Koʻz olmasi orqa qismida joylashgan toʻqimalarning bir qismini yoʻqotish uchun bir necha kun davomida maqsadli rentgen nurlaridan foydalanadi. Agar koʻz bilan bogʻliq muammolar yomonlashsa va kortikosteroidlar ham samarali taʼsir bermay qoʻysa, orbital radiatsiya terapiyasi tavfsiya qilinadi.

Grevis oftalmopatiyasi Grevis kasalligini davolash bilan har doim ham yaxshilanmaydi. Grevis oftalmopatiyasining belgilari hatto uch oydan olti oygacha yomonlashishi mumkin. Shundan soʻng, Grevis oftalmopatiyasining belgilari va alomatlari odatda bir yil yoki undan koʻproq vaqt davomida barqaror ravishda saqlanib qoladi va keyin koʻp hollarda oʻz-oʻzidan yaxshilana boshlaydi[3].

Manbalar tahrir

  1. „Graves disease“. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  2. „Graves' disease“ (2022-yil 14-iyun). 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  3. „Graves’ Disease“. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.