Grigoriy Melikov

rossiyalik futbolchi

Grigoriy Aleksandrovich Melikov (ruscha: Григорий Александрович Меликов) — Rossiyalik futbolchi[1].

Grigoriy Melikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Grigoriy Aleksandrovich Melikov
Tavallud sanasi 11-may 1976-yil (1976-05-11) (47 yosh)
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001 en:FC Svetotekhnika Saransk 8 (0)
2002 en:FC KAMAZ Naberezhnye Chelny 19 (0)
2003 en:FC Vidnoye 12 (0)
2004 en:FC Lisma-Mordovia Saransk 3 (0)
2005 en:FC Chernomorets Novorossiysk
2006 Lokomotiv Toshkent 6 (0)
2007 Zelenograd 3 (0)
2009 Buxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi karyerasi tahrir

Melikov uchun birinchi professional klub 1994-yilda Turkmanistonning „Kopetdogʻ“ klubi boʻlgan. Kopetdag tarkibida Turkmaniston chempioniga aylandi. 1997-1998-yillarda „Dagdan“ jamoasida oʻynagan va 1998-yilda milliy chempionatning kumush medali sovrindori boʻlgan. 1998-yilda Kopetdogʻga qaytib keldi va milliy chempionatning kumush medali sovrindori boʻldi. 2000-yildan Rossiyada oʻynay boshladi. 2001-2003-yillarda Rossiya ikkinchi divizioni jamoalarida oʻynagan. 2004-yilda Lisma-Mordoviya klubida oʻynab, birinchi divizionda 3 ta oʻyin oʻtkazgan. 2006-yilda O‘zbekistonga ko‘chib o‘tdi va Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida o‘ynay boshladi. 2007-yilda „Buxoro“ safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2009-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Manbalar tahrir

  1. 11057 FootballFacts.ru saytida