Grigoriy Ulko
Grigoriy Ilich Ulko (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlogʻi — 1999.8.4, Samarqand) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Xarkov rassomlik institutini tugatgan (1958). 1959-yildan Samarqandda. U.ning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda oʻz aksini topdi ("Velosipedchilar", "Afsona", "Birinchi reys", 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uygunlashib ketgan: "Panjakent freskasi", "Xalq ustasi A.Hazratqulov portreti" (1961), "AmuBuxoro kanali quruvchilari" portretlar turkumi (1964), "Us t a U. Joʻraqulov portreti" (1965), "Suv", "Birinchi saflar" (1967); "Urgut tamakikorlari" (1971) va boshqa
U. asarlaridan namunalar respublika muzeylari (jumladan, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va boshqalar)da saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |