Guantanamo qamoqxonasi (inglizcha: Guantanamo Bay detention camp) — AQSh hukumati tomonidan turli jinoyatlarda, xususan, terrorizm, dushman tomonida turib urush olib borishda ayblangan shaxslar uchun qamoqxonadir. Kubaning Guantanamo koʻrfazidagi AQSh tomonidan muddatsiz ijaraga olingan harbiy dengiz bazasida joylashgan. Guantanamo shahridan 30 km uzoqlikdadir. 2021-yil iyul holatiga koʻra aqamoqxonada 39 kishi saqlangan[1].

Tarixi tahrir

Qamoqxona 2002-yil yanvarda Afgʻonistondan „islomiy ekstremistlar“ tomonida turib jang qilganlikda ayblangan 20 kishi olib kelingan vaqtda ochilgan. 2002-yildan 2006-yilgacha turmaga AQSh harbiylari tomonidan Afgʻoniston va Iroqda qoʻlga olingan 750 dan ortiq mahbus saqlangan. AQSh harbiylarining soʻzlariga koʻra ularning hammasi Al-Qoida va Tolibon guruhlari tomonida turib jang qilganlar.

Guantanamoda shuningdek, AQSh Xitoyga ekstraditsiya qilishni rad etgan Sharqiy Turkiston ozodligi harakati aʼzolari ham saqlanadi[2].

Qamoqxonani yopishga harakat tahrir

2009-yil 21-yanvarda AQSh prezidenti Barack Obama qamoqxonani yopish haqidagi buyruqni imzoladi. U bir yil ichida yopilishi kerak edi. Bazada sudlar oʻtkazilishi 120 kunga toʻxtatib qoʻyildi. Biroq, prezident imzolagan hujjatga amal qilinmadi, qamoqxona haligacha ishlab turibdi[3].

2013-yil soʻngida Barack Obama qamoqxonani yana bir marta yopishga urindi[4]. U qamoqxonani yopishni koʻzda tutuvchi qarorni imzoladi. Ammo undan keyingi prezident – Donald Trump bu qarorni bekor qilganini maʼlum qildi va qamoqxonaga yangi mahbuslarni joylashga ruhsat berdi[5][1]. 2021-yil aprel oyida qamoqxonaning 7-boʻlimi yopildi (2006-yilda ochilgan)[6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Администрация Байдена выдала заключенного из тюрьмы на базе Гуантанамо“. Подданный Марокко, содержавшийся в спецтюрьме США с 2002 года, передан властям этой страны. Президент Байден обещал закрыть пенитенциарное учреждение (ru-RU). Deutsche Welle (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  2. Kerry Dumbaugh, "China-U.S. relations: Current Issues and Implications for U.S. Policy, " CRS Report for Congress 1-oktabr 2007-yil, p. 28.
  3. газета.ru: МИД России обвиняет США
  4. Обама снова призвал закрыть тюрьму в Гуантанамо
  5. В США могут увеличить число заключенных в Гуантанамо
  6. „Кубада жойлашган Гуантанамо қамоқхонасидаги «махфий» бўлимлардан бири ёпилди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.