Gulbahor Sharobiddinovna Saidgʻaniyeva (1969-yil 2-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosat arbobi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.

Tarjimai holi

tahrir

Gulbahor Saidgʻaniyeva Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan[1].

2024-yilning noyabr oyidan boshlab Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi

Ozarbayjon Yozuvchilar birligi faxriy a'zosi


Manbalar

tahrir
  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.