Gulhida Joʻrayeva

(1987-yil 20-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi

Gulhida Joʻrayeva (1987-yil 20-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi. „Oltin qalam“ mukofoti sohibasi (2014). „Yoshlar“ telekanalidagi „Osh boʻlsin!“ koʻrsatuvining muallifi.

Gulhida Joʻrayeva
Tavalludi 20-iyun 1987-yil (1987-06-20) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi jurnalist, teleboshlovchi
Faoliyat yillari 2007 — bugun
Yoʻnalish jurnalistika
Mukofotlari Oltin qalam

Biografiyasi

tahrir

Gulhida Joʻrayeva 1987-yil 20-iyunda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tugʻilgan. Otasi — Joʻrayev Anvar, ayni paytda nafaqada. Onasi — Joʻrayeva Gulnora, Olmazor tumanidagi 36-imkoniyati cheklangan bolalar maktabida defektolog. 1994-yilda 116-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga, 2003-yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga kirgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining chet tillari fakultetini tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

Mehnat faoliyatini 2007-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi „Yangi kun“ koʻrsatuviga lavhalar tayyorlashdan boshlagan. Keyinchalik, „Peshayvon“, „Oʻzbegim matolari“, „Qishloqdagi tengdoshim“, „Nuqtai nazar“ (radiodan uzatiladigan varianti), „Yoʻllarimiz haqida oʻylarimiz“ kabi koʻrsatuvlarda mualliflik va boshlovchilik qilgan. 2010-yildan boshlab televizion stereotiplarni buzgan, yangicha yondashuvdagi saʼj qofiyada (nasrda qofiyaning ishlatilishi) olib boriladigan „Osh boʻlsin!“ koʻrsatuvining muallifi va boshlovchisi[1]. Shuningdek, „Yosh kitobxon“ tanlovida ham boshlovchilik qiladi. Hozirda Yoshlar telekanali qoshidagi „Bolajon“ kanalida „Musiqiy va maʼrifiy oʻyinli teledasturlar“ muharririyatida bosh muharrir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda. „Bolajon“ kanali orqali efirga uzatiladigan „Bolajon oshxonasi“, „Bolajon ustaxonasi“, Eslab qol, bolajon" kabi teleloyihalar muallifi.

Mukofotlari

tahrir

Gulhida Joʻrayevaning jurnalistikadagi mehnatlari 2014-yilda „Oltin qalam“ milliy mukofoti (Eng yaxshi jurnalistik material uchun nominatsiyasida 1-oʻringa munosib deb topilgani uchun) bilan taqdirlangan[2].


Shaxsiy hayoti

tahrir

2016-yil 21-mayda turmushga chiqqan[3][4]. Turmush oʻrtogʻi — Igamberdiyev Ravshanbek Ahmadovich. Ularning Benazir ismli qizi 2019-yil 26-avgustda tugʻilgan.

Manbalar

tahrir
  1. https://zamin.uz/uz/jamiyat/31962-jurnalistning-oyogiga-bolta-urayotganlar-kim-yoxud-shogirddan-ustozlarga-ochiq-xat.html
  2. https://www.gazeta.uz/ru/2014/05/03/qalam/
  3. https://daryo.uz/2016/12/31/480117/
  4. https://darakchi.uz/oz/13761