Guljaxan Ermekbayevna Qarlibayeva (1978-yil 21-aprel, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik va oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Guljaxan Qarlibayeva
Tavalludi 21-aprel 1978-yil (1978-04-21) (46 yosh)
Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nukus davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Qoraqalpoq davlat universtiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Guljaxan Qarlibayeva 1978-yil 21-aprelda Nukus shahrida tugʻilgan. 1995-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universtitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirib, 1999-yil mazkur fakultetning fizika bakalavr yoʻnalishini tugatadi. 2003-yilda shu universitetining „Yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar“ mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tugatgan[1]. 2001—2005-yillarda Nukus transport kasb-hunar kolleji fizika fani oʻqituvchisi, 2005—2013-yillarda Nukus davlat pedagogika institutining „Umumiy fizika“ kafedrasiga assistent oʻqituvchisi, 2013—2022-yillarda „Fizika oʻqitish metodikasi“ kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2022-yilda „Fizika oʻqitish metodikasi“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

2012-yil 15-martda „Innovatsion taʼlim texnologiyalari sharoitida fizika oʻqituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 2014-yil 18-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2017-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Xotin-qizlar „Olima“ uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan „Ilm yulduzlari“ IV Respublika intellektual koʻrik-tanlovida ishtirok etib, „Eng mohir ilm sohibasi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻldi[1]. 2019-yil 30-dekabrdan pedagogika fanlari doktori. Doktorlik dissertatsiya himoyasini „Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish“ mavzusida qilgan. 2021-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE