Gulnara Jumasheva
Gulnara Xamidullaevna Jumasheva (1964-yil 18-iyul, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — Qoraqalpogʻistonlik va Oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Gulnara Jumasheva | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyul 1964-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nukus davlat pedagogika instituti |
Taʼlimi | Nukus davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirGulnara Jumasheva 1964-yil 18-iyul Nukus shahrida tavallud topgan. 1986-yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan. Oʻz mehnat faoliyatini 1986—1988-yillarda Nukus shahar 8-sonli maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchi lavozimida boshladi[1]. 1988—1990-yillari Nukus shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli „Shodlik“ bolalar bogʻchasida tarbiyachi va Nukus shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 32-sonli oʻrta maktabda oʻqituvchi lavozimida ishladi. 1990—1997-yillarda Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti J.Orinbayev nomidagi Qoraqalpogʻiston filialida ilmiy xodim, 1997—1999-yillarda boʻlim boshligʻi, 1999—2001-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida oʻquv metodika boʻlimi boshligʻi, 2001—2008-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2001—2004-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranturasida tahsil oldi. 2008-yildan buyon Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti „Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim“ kafedrasida dotsenti, 2019-yildan boshlab „Maktabgacha taʼlim“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda[2]. 1998-yildan Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi. 1996-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi va 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan[1].
Oilasi
tahrirOilali, yetti nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
tahrir300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 14 ta darslik, 3 ta monografiya, 1 ta dastur, 1 ta konseptsiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 12 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, jumladan, 1-sinf uchun „Súwretli sózlik“ darsligi (1994), „Qaraqalpaqstan Respublikasinin mektepke shekemgi tarbiya kontseptsiyasi“ (1994), „Mektepke shekemgi jastaǵı balalardi sawatqa uyretiw baǵdarlamasi hám metodikalıq kórsetpe“ (1994), „Формирование основ культуры общения дошкольников на каракалпакском языке средствами театрализованных игр“ monografiyalari (1997), „Формирование основ культуры общения дошкольников на каракалпакском языке средствами театрализованных игр“ (2007), „Формирование навыков общения на каракалпакском языке в условиях двуязычия“ (2015) monografiyalari, 2-sinf uchun „Qaraqalpaq tili“ (1994, 1997, 2000, 2004, 2008, 2013, 2019, 2021), 3-sinf uchun „Qaraqalpaq tili“ (1994, 1997, 2000, 2003, 2004, 2008, 2013, 2019, 2021), 5-sinf uchun „Qaraqalpaq tili“ (1998, 2002), 2-sinf uchun „Ózbek tili“ (1998, 2004, 2005, 2008), „Alipbe“ (2018) darsliklari, „Xalıq dóretpeleri bala turmısında“ (1994), „Baqshada saxnalastirilǵan oyınlar“ (1995), „Balalarǵa qaraqalpaq tilin úyretiwde didaktikalıq oyınlardan paydalanıw“ (2001), „Álipbeni oqıtıw metodikası“ (2019) oʻquv qoʻllanmasi muallifi[1]. 1996-yilda „Формирование навыков культуры общения на каракалпакском языкe (в детских садах с русским языком обучения) средствами театрализованных игр“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2021-yilning 10-avgustida „Формирование навыков общения на каракалпакском языкe в условиях билингвизма (в дошкольных образовательных организациях и начальных классах общеобразовательных школ c русским языком обучения)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1].