Gulxatsha Ayimbetova
Gulxatsha Aymanovna Ayimbetova (1961.24.12, Taxtakoʻpir tumani) – xonanda, Qoraqalpogʻiston (1999) va Oʻzbekiston (2000) xalq artisti. J.Shomurotov nomidagi Nukus davlat sanʼat bilim yurtini tugatgan (1983). 1980–81 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi qoshidagi "Oyqulash" ansamb-li, 1981-yildan "Amu toʻlqini" ansamblida xonanda. Jarangdor, keng diapa-zonli, mayin ovozga ega. Repertuaridan qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari ("Musa sen yori", "Nozlining", "Jaqsiraq", "Ne bilsin" va boshqalar), qoraqalpoq kompozi-tor va bastakorlari asarlari ("Keng dala", "Ota makon" N.Muhammeddinov; "Vatan", "Ona tuprogʻim", "Oʻzbekiston", Q.Xilalov va boshqalar) oʻrin olgan. A.ning aksariyat qoʻshiqlari Qoraqalpoq radiosi fonotekasi va gramplas-tinkasi ("Gulxatsha Ayimbetova kuylaydi", 1982 va boshqalar)ga yozib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |