Gurzilar urushi
Gurzilar urushi (fin. Nuijasota, nuija — gurzi, sota — urush; shved. Klubbekriget) — 1596 — 1597-yillarda Finlandiyada (oʻsha paytda Finlandiya Buyuk Knyazligi Shvetsiya tarkibida boʻlgan) antifeodal dehqonlar qoʻzgʻoaoni. „Gurzi“ nomi, aftidan, isyonkor dehqonlarning asosiy qurol turidan kelib chiqqan.
Qoʻzgʻalonning borishi
tahrirQoʻzgʻalonga 1590-1595-yillardagi rus-shved urushi paytida mamlakatning vayron boʻlishi, rekrut siyosati, dahshatli soliqlarning joriy etilishi va feodal majburiyatlarning ortib borishi sabab boʻldi. Gurzilar urushi gubernator Klas Fleming va Shvetsiya hukmdori gertsog Charlz boshchiligidagi shved zodagonlari oʻrtasidagi Finlandiyadagi kurash sharoitida boshlandi.
Ilk toʻqnashuvlar 1596-yil noyabr oyida Ostrobotniya viloyatining janubida boʻlib oʻtdi. Qoʻzgaʼlon rahbari Yaakko Ilkka (taxminan 1550-1597) edi. Dehqonlar Isokyuryoda hukumat qoʻshinlarini magʻlub etib, umumiy soni 35 ming kishidan iborat boʻlgan uchta otryad boʻlib Turkuga qarab yoʻl oldi. Yoʻl-yoʻlakay feodallarning mulklarini vayron qilib, zodagonlar va soliq yigʻuvchilarni taʼqib qildilar. Biroq, qoʻzgʻalonchilarning tarqoqligi oʻz muvaffaqiyatlarini mustahkamlashga imkon bermadi. 1596-yil dekabr-1597-yil fevral oylarida Fleming qoʻshinlari qoʻzgʻalonni bostirdi va uning rahbari Ilkka qoʻlga olinib, tanasi toʻrtga boʻlinib qatl etildi. Gurzilar urushi Finlandiyadagi eng yirik dehqonlar qoʻzgʻaloni boʻldi, uning xotirasi ogʻizdan ogʻizga oʻtib, Fin folklorida ham oʻz aksini topdi [1].
Gurzilar urushi natijasida uch mingdan ortiq dehqon halok boʻldi va qatl qilindi. Oʻlganlar sonining Finlandiya aholisining oʻsha paytdagi soniga nisbati juda katta koʻrsatkich: mamlakat umumiy aholisining taxminan 1 % [2].
Oqibatlar
tahrirKlas Fleming Sigizmund III Vaza tarafdori edi, uning urushdagi magʻlubiyatidan soʻng, Shvetsiyaning boʻlajak qiroli gersog Karl urush sabab zaiflashib qolgan Finlandiyani osonlik bilan bosib oldi, Sigismund tarafdorlarini esa qatl qildi.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- 8 in the Great Soviet Encyclopedia, 1969–1978 (Russian)
- Yevseev V. Ya. Krestyanskoe vosstanie „Dubinnaya voyna“ i finskoe narodnoe tvorchestvo. // Skandinavskiy sbornik, v. 3, Tallin, 1958.
- Мейнандер Х.. История Финляндии, M.. ISBN 978-5-7777-0429-0. — UDK 94(480)
- Yrjö-Koskinen, Nuijasota. Sen syyt ja tapaukset, 3 pain, Helsinki, 1929. (fin.)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |