Guvohlantirish
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Guvohlantirish — Guvohlantirish tergov harakati: 1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, dogʻlarni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tugʻilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlmasa ; 2) ekspertiza oʻtkazishni talab qilmaydigan usullarni qoʻllash yoʻli bn shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tugʻilgan hollarda oʻtkaziladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning koʻrsatuvlari toʻgʻriligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga Molik boshqa belgilar yoki uning gʻayritabiiy fiziologik xolati toʻgʻrisida etarli maʼlumotlar boʻlsa, guvohlantirishni oʻtkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Guvohlantirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda:
- Guvohlantirishni kim va qanday maqsadda oʻtkazishi;
- kimni guvohlantirish kerakligi;
- guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon etib kelishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Surishtiruvchining, tergovchining Guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻrisidagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir. Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin. Guvohlantirishni oʻtkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga eʼlon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi