Guy Kiala (oʻzbekcha: Gi Kiala; 1969-yil 16-aprel) – belgiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Belgiya Birinchi va Ikkinchi divizionlarida KRC Mechelen va KFC Verbroedering Geel jamoalarida 192 ta oʻyin oʻtkazgan.

Guy Kiala
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guy Kiala
Tavallud sanasi 16-aprel 1969-yil (1969-04-16) (55 yosh)
Tavallud joyi Kalemie, Zaire
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986–1987 K.R.C. Mechelen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987–1995 K.R.C. Mechelen 152 (1)
1995–1997 K.F.C. Verbroedering Geel 47 (1)
1997–1998 Racing Jet Wavre 24 (0)
1998–2000 KAV Dendermonde 18 (1)
1987–2000 Belgium National Military Football Team
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbol faoliyati tahrir

Guy oʻzining yoshlik faoliyatini KRC Mechelen jamoasi yoshlari tarkibida, kattalar tarkibiga qoʻshilishdan oldin (keyinchalik birinchi va ikkinchi divizionda) boshlagan. Mechelen jamoasida 9 yil oʻynaganidan soʻng, u KFC Verbroedering Geel (ikkinchi divizion) klubiga oʻtdi va u yerda 2 mavsum davomida oʻynagan. U oʻz faoliyatini Racing Jet Wavreʼ jamoasida 1 mavsum va KAV Dendermondeʼ klubida 2 mavsum oʻynaganidan soʻng yakunlagan[1]. Keyinchalik murabbiy sifatida futboldagi faoliyatini davom ettirgan[2].

Murabbiylik faoliyati tahrir

KRC Mechelendagi faoliyati davomida Kiala futbolchilik faoliyatini klubning yoshlar jamoalari murabbiyi sifatida ishlagan. Ammo uning katta jamoalardagi murabbiylik faoliyati 2000-yilda „KSK Sint-Paulus Opveyk“ jamoasida (toʻrtinchi divizion) yordamchi murabbiy sifatida boshlangan. U yerda yoshlar jamoalarinini ham boshqargan. 2008-yilda esa murabbiy Vandevelde klubni tark etgach, yordamchi murabbiy Kiala bosh murabbiy boʻlgan. Oxirgi turda 7:9 hisobiga qaramay, u klubni tark etgan, „Eendracht Opstal“ jamoasida (toʻrtinchi divizion) bosh murabbiy boʻlgan[3][4].

2005-yildan 2010-yilgacha u oʻzining fuqarolik mashgʻulotlaridagi faoliyatini Belgiya milliy harbiy futbol jamoasida yordamchi murabbiylik bilan birlashtirgan[5][6].

2010-yilda u SV Zulte Waregem (ayollar) jamoasida „Revalidatsiya boʻyicha murabbiy va video tahlilchisi“ lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik 2012-yilda u BeNe ligasida beshinchi oʻrinni egallagan jamoaga bosh murabbiylik qilgan[7]. Guy keyinchalik UEFA Pro litsenziyasini Bob Piters bilan birga oʻqigan[8].

2013-yil oxirida u Vaasland-Beverendagi Freethiel jamoasida yordamchi murabbiy va tahlilchisi boʻlib ishlagan[9][10][11].


2015-yil avgust oyida Kiala Saudiya Arabistoni Qirolligiga koʻchib oʻtdi va u yerda Saudiyaning „Al-Ahli Saudi“ akademiyasida texnik direktori boʻlgan[12][13].

2018-yil avgust oyida Kiala Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabidagi Al Ayn shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda „Al-Ayn“ klubida murabbiy boʻldi.

2019-yilda Kiala oʻzining sobiq murabbiyi, BAA FA texnik direktori Mishel Sablon bilan uchrashdi va BAAdagi futbol murabbiyi istruktori sifatida ishlagan. Sablon bilan birgalikda ular BAA murabbiylarini tayyorlashning yangi usulini joriy qilishdi. Loyiha AFC, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi uchun sinov tariqasidagi loyihaga aylandi.

Keyinchalik Kiala „Al Ayn“ futbol klubida texnik direktor va yoshlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Kiala Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining texnik direktori etib tayinlanishidan oldin qisqa muddat Abu-Dabidagi Regionals Sports Projects Management kompaniyasida ishlagan.

Shaxsiy hayot tahrir

Kialaning Keshia Kiala ismli qizi bor.

Manbalar tahrir

  1. „Spelersfiche – Kiala Guy“ (Dutch). Belgian Soccer Database. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  2. „Kiala Guy | Lierse SK“. Lierse.com (1969-yil 16-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  3. „Guy Kiala verlaat Opwijk ondanks recente 7 op 9 (Opwijk) - Het Nieuwsblad“. Nieuwsblad.be. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  4. „Guy Kiala wil meer voetbal brengen in ploeg van Opstal (Buggenhout) - Het Nieuwsblad Mobile“. M.nieuwsblad.be (2008-yil 29-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  5. „België doet mee aan 8ste WK Vrouwenvoetbal voor militairen in Duitsland“. Loft6.be (2012-yil 7-iyun). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  6. „Guy Kiala (Buggenhout) - Het Nieuwsblad Mobile“. M.nieuwsblad.be (2008-yil 20-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  7. „Belgium - G. Kiala - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. Int.soccerway.com (1969-yil 16-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  8. „David Gevaert en Guy Kiala behalen UEFA pro trainersdiploma (Zulte) - Het Nieuwsblad Mobile“. M.nieuwsblad.be (2012-yil 19-iyun). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  9. „W-B verwelkomt T3 Guy Kiala - Waasland-Beveren“. Waasland-beveren.be (2013-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  10. „Kiala komt bij technische staf - Gazet van Antwerpen“. Gva.be. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  11. „Zulte Waregem wuift coach Kiala uit - Voetbalnieuws“. Voetbalkrant.com (2013-yil 4-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  12. „Twitter“. Mobile.twitter.com (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
  13. „News | BFC Pro“. Bfcpro.eu. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.