Gvineya-Bisau Respublikasi pasportlari xalqaro sayohatlarni osonlashtirish uchun Gvineya-Bisau fuqarolariga beriladi. Gvineya-Bisau fuqarolaridan Gʻarbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatiga (ECOWAS) aʼzo davlatlarga sayohat qilishlari uchun pasport talab qilinmaydi.

Gvineya-Bisau biometrikdan oldingi pasport

Turlari

tahrir

Gvineya-Bisau pasportlari uchta shaklda boʻladi:

Oddiy pasport

  • Gvineya-Bisau Respublikasining barcha fuqarolariga xalqaro sayohatlar uchun berilgan.

Rasmiy pasport

  • Hukumatda ishlaydigan va rasmiy ish boʻyicha sayohat qilishi kerak boʻlgan barcha fuqarolarga beriladi.

Diplomatik pasport

  • Diplomatlarga va ularning oila aʼzolariga chet elda xizmat qilganda beriladi.

Pasport qoplamasi

tahrir

Gvineya-Bisau pasportlari to‘q yashil rangda bo‘lib, buklet tepasida „Gvineya-Bisau Respublikasi“ yozuvi bor. Gvineya-Bisau gerbi muqova sahifasining o‘rtasida, undan keyin oddiy pasportlarda „PASSAPORTE“ so‘zi yozilgan[1]

Pasport maʼlumotlari

tahrir

Quyida keltirilgan maʼlumotlar identifikatsiya sahifasida portugal va ingliz tillarida chop etilgan.

  1. Turi
  2. Pasport raqami
  3. Ism va Sharif)
  4. Tugʻilgan kuni
  5. Jinsi
  6. Tugʻilgan joy
  7. Kim tomonidan berilgan
  8. Quyidagi sanagacha foydalanilsin
  9. Familiya
  10. Millati
  11. Turar joy
  12. Berilgan sana

Manbalar

tahrir