Gönnersdorf Venerasi
Gönnersdorf Venerasi (nemischa: Venusfigurinen von Gönnersdorf ) — Paleolit davriga oid venera haykallari parchalari. Taxminan 11,5-15 ming avvalgi paleolit vaqtiga xos boʻlib, XX asrning ikkinchi yarmida Neuwied shahrining Gönnersdorf tumanida (Reynland-Pfalz, Germaniya) Gerxard Bozinski boshchiligidagi arxeologlarning qazishma ishlari paytida topilgan.
Haykalchalar Madlen madaniyatiga tegishli. Chunki, ayol qiyofasini tasvirlashning oʻsha davrga xos boʻlgan asosiy tendentsiyalarini aks ettiradi: minimalizm, mavhumlik, bosh va oyoqlarning yoʻqligi, dumbaning boʻrtib chiqqan holda tasvirlanishi. Bu haykallarga eng oʻxshashlari Andernach, Nebra va Olcknitz namunalaridir. Ular paleolit Veneralarining alohida „Gönnersdorf turi“ haqida soʻz yuritish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu arxeologik maydonda shakli ushbu haykalchalarga oʻxshaydigan va ayol qomatiga oʻxshash suratlar chizilgan shifer plitalari topilgan.
Umuman, hammasi boʻlib 16 ta Gönnersdorf Venerasi topilgan, ular hayvon suyaklari, mamont tishlari, kiyik shoxi, shuningdek, mahalliy slanets togʻ jinslaridan yasalgan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Willkommen | Eiszeitliche Kunst am Mittelrhein“. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
- ↑ Gönnersdorf and Andernach — Martinsberg