Gyromitra gigas — Pezizomycetes sinfining Discinaceae oilasiga mansub boʻlgan qoʻziqorin hisoblanadi. Gyromitra gigas, odatda gigantlar yolgʻon morel[1][2][3] qor morel, qor soxta morel, buzoq miyasi yoki buqa burni nomi bilan ham atalgan boʻlib, Ascomycota boʻlimining Discinaceae oilasiga kiruvchi qoʻziqorin hisoblanadi. G. gigas Yevropada uchraydi. Tashqi koʻrinishidan bahor va yozning boshida haqiqiy morellarga oʻxshash yashash joylarida paydo boʻlishi tufayli u soxta morellardan biri deb ham ataladi (Morchella ssp.). Uning tarkibida oz miqdorda gidrazin moddasi uchraydi[4].

Qor Moreli
Maxsus tasnifi edit
Olam: Fungi
Boʻlim: Ascomycota
Sinf: Pezizomycetes
Kichik sinf: Pezizales
Oila: Discinaceae
Turkum: Gyromitra
Tur:
G. gigas
Binomial nomlanishi
Gyromitra gigas

(Krombh.) Cooke (1878)
Sinonimlari

Ahamiyati

tahrir

Uning giromitrindagi tarkibiy tuzilishini Viernstein va boshqa olimlar tomonidan ilmiy baholangan [Botanika identifikatsiyasi 1980] va natijada har bir kg yangi qoʻziqorin uchun taxminan 1 mg (eskulentaga nisbatan taxminan 1500 baravar kam)dan ozuqaviy qiymat toʻgʻri kelgan. Uni isteʼmol qilinganda nojoʻya taʼsiri yoki vafot etganlar qayd etilmagan. Isteʼmol qilishdan oldin qaynatish tavsiya etiladi. Baʼzi qoʻllanmalarda qayt etilishicha, agar qoʻziqorindan tayyorlangan taom toʻgʻri tayyorlangan boʻlsa, uni isteʼmol qilish mumkin deb sanashgan. Biroq, Gyromitraning tarkibi oʻzgaruvchan boʻlganligi va boshqa zaharli turlariga oʻxshashligi sababli isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

Ushbu qoʻziqorin Fransiyada 1991-yildan beri zaharliligi va nojoʻya taʼsir koʻrsatishi sababli sotilishi taqiqlangan, uning taʼsiri juda kam uchraydigan oʻlimga olib keladigan neyrodegenerativ kasallik, amyotrofik lateral skleroz (ALS) ni keltirib chiqaradi[5][6].

Gyromitra montana va shunga oʻxshash, shuningdek, bir-biriga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan turlar Shimoliy Amerikada uchraydi; ularning orasidagi asosiy farq kichikroq sporalar G. gigas borligi hisoblanadi[7]. G. montana olimlarning isbotlashicha, agar yaxshilab pishirilsa va oz miqdorda isteʼmol qilinsa, salbiy holatlar kuzatilmasligi maʼlum boʻlgan[8].

Taksonomiyasi

tahrir

Bu tur birinchi marta ilmiy jihatdan Julius Vincenz von Krombholz tomonidan Helvella gigas sifatida tasvirlangan. Hozirgi vaqtda ushbu turkumga mansub boʻlgan turlar yetarlicha oʻrganilmagan va koʻpchilik qoʻziqorinlar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Yana qarang

tahrir
  • Gyromitrin, a toxic chemical found in Gyromitra fungi

Manbalar

tahrir
  1. „Gyromitra gigas · giants false morel“. The British Mycological Society. 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  2. „Gyromitra gigas · giants false morel“. NBN Atlas. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  3. „Giant's False Morel (Gyromitra gigas)“. Ninaturalist.nz. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  4. Phillips, Roger. Mushrooms and Other Fungi of North America. Buffalo, NY: Firefly Books, 2010 — 363-bet. ISBN 978-1-55407-651-2. 
  5. „Un champignon lié à des cas de maladie de Charcot : la fin d'une énigme médicale vieille de plus de dix ans“ (fr) (2021-yil 4-sentyabr).
  6. „An amyotrophic lateral sclerosis hot spot in the French Alps associated with genotoxic fungi“.
  7. Miller Jr., Orson K.. North American Mushrooms: A Field Guide to Edible and Inedible Fungi. Guilford, CN: FalconGuides, 2006 — 509-bet. ISBN 978-0-7627-3109-1. 
  8. Trudell, Steve. Mushrooms of the Pacific Northwest, Timber Press Field Guides (en). Portland, OR: Timber Press, 2009 — 281-bet. ISBN 978-0-88192-935-5.