Gyumridagi qotillikArmanistonning Gyumri shahrida joylashgan Rossiya 102-harbiy bazasi harbiy xizmatchisi 2015-yilning 12-yanvar kuni mahalliy armanlar — Avetisyan oilasidan olti kishini oʻldirdi. Oʻsha kuni ushbu jinoyatni sodir etgan 102-harbiy baza harbiy xizmatchisi — Valeriy Permyakov arman-turk chegarasini noqonuniy kesib oʻtayotganida qoʻlga olindi.

Xotira

Qotillik

tahrir

2015-yilning 12-yanvar kuni Armanistonning Gyumri shahrida oilaning olti nafari oʻldirilgan edi, shu jumladan ikki yoshli bola. Yana bir olti oylik chaqaloq juda ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi[1][2].

Jinoyat koʻrib chiqilishi

tahrir

Qotillik yuzasidan Armaniston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi ochildi[3]. Oʻldirilgan oila uyidan tergovchilar ichki tarafida ism va familiya yozilgan harbiy botinkalar topishdi. Shuningdek qotillik «AK-74» avtomati orqali sodir etilgani aniqlandi.

Reaksiya

tahrir

13-yanvar kuni bir guruh Armaniston fuqarolari Rossiya Federatsiyasining Yerevandagi elchixonasi oldida miting oʻtkazishdi[4]. Ular Armaniston hududidan Rossiya harbiy bazasini chiqarishni talab qilishdi. Norozilik namoyishlari shuningdek Gyumrida ham oʻtkazildi[5]. Norozilik namoyishi, shuningdek Gyumrida ham boʻlib oʻtdi[6].

14-yanvar kuni minglab odamlar Gyumridagi Rossiya harbiy bazasiga bostirib kirishdi va rossiyalik askarni Armaniston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishni talab qilishdi[7][8]. Miting shuningdek Armaniston Prezidenti Serj Sargsyan rezidensiyasi oldida ham boʻlib oʻtdi[9].

Rossiya elchixonasi ushbu noxush vaziyat yuzasidan Armaniston xalqiga taʼziya bildirdi[10].

Manbalar

tahrir