Gyustav Flober
Gyustav Flober (Flaubert) (1821. 12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi. Parij universitetining huquqshunoslik fakultetitida oʻqigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan. Asosan, "Bovari xonim" (1857) romani bilan shuhrat qozongan. "Salambo" (1862) romanida uzok. oʻtmishda (miloddan avvalgi 3-asrning 2 yarmida) Qadimiy Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zoʻravonlik, nohaqlik fosh etilgan. "Avliyo Antoniyning aldanishi" (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining gʻayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan. "Hislar tarbiyasi" (1869) romani, "Buvar va Pekyushe" (1881, tugallanmagan) hajviy romani, "Siyqasi chiqqan haqiqat" parodiyasi (nashri — 1910) bor. Flober rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini oʻziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning "Salambo" asari asosida opera yozgan. Isteʼdodli stilist boʻlgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Manbalar
tahrir- Bovari xonim, T., 1976. Ad.: Reizov B. G., Tvorchestvo Flobera, M., 1955.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |