Habash al Hosib Marvaziy
Ahmad ibn Abdulloh Habash Hasib Marvaziy (766-869) shimoli-sharqiy Eronlik astronom, geograf va matematik bo'lgan. U Xurosonning Merv shahridan trigonometrik kattaliklar: sinus, kosinus, tangens va kotangentsni tushuntirgan birinchi olim hisoblanadi.
U Bagʻdodda yashaydi va yuz yoshdan oshib 869-yilda vafot etadi. U Abbosiy xaliflardan boʻlgan al-Maʼmun va al-Mu'tasimlarning boshchiligida ish olib borgan.
Ishlari
tahrirU 825-yildan 835-yilgacha kuzatuvlar olib boradi va uchta astronomik jadvalni tuzadi. Birinchisi hamon Hind uslubida, ikkinchisi, "tekshirilgan" deb atalgan jadval, eng muhim hisoblanib, ular "Maʼmuniy" yoki "Arab" jadvallariga oʻxshab ketadi va al-Maʼmun astronomlarining umumiy asari boʻlishi ham mumkin. Uchinchisi esa kichikroq boʻlib Shoh jadvallari deb ataladi.
829-yildagi quyosh tutilishi holida Habash birinchi bor balandlik orqali(bu holda quyoshning balandligi) vaqtni aniqlash usulini koʻrsatib beradi. Bu usul keyinchalik Musulmonlar astronomlar tomonidan keng qabul qilinadi.
830-yilda u "soya" tushunchasini, zamonaviy koʻrinishida hozirgi trigonometriyadagi tangensga mos keluvchi tushunchani kiritadi. Bundan tashqari u shunday "soyalar"ning ilk jadvalini tuzib chiqadi. Bundan tashqari u kotangens tushunchasini ham kiritadi va uning jadvalini tuzadi.[1][2]
Jismlar va masoflar kitobi
tahrirAl-Hasib Bagʻdoddagi Al-Shammisiyya rasadxonasida koʻplab izlanishlar olib boradi va bir nechta geografik raqamlar va astronomik qiymatlarni hisoblashga erishadi. U natijalarni oʻzining Jismlar va masofalar kitobida yigʻadi. Ulardan baʼzilari quyida keltirilgan.[3]
- Yer
- Yer aylanasi uzunligi: 32,444 km
- Yer diametri: 10323.201 km
- Yer radius: 5161.609 km
- Oy
- Oy diametri: 3036.5 km
- Oy aylanasi uzunligi: 9538.622 km
- Oyning eng uzoq nuqtasi diametri: 662,406.338 km
- Oyning eng uzoq nuqtasi aylana uzunligi: 2,081,848.873 km
- Quyosh
- Quyosh diametri: 56,777.6966 km
- Quyosh aylanasi uzunligi: 178,444.189 km
- Quyosh orbitasi diametri: 12,491,093.2 km
- Quyosh orbitasi aylana uzunligi: 39,256,038 km
- Quyosh orbitasi orqali bir daraja:108,952.67 km
- Quyosh orbitasi orqali bir daqiqa:1817.405 km
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Jacques Sesiano, "Islamic mathematics", p. 157, in Selin, Helaine; D'Ambrosio, Ubiratàn, muh. (2000), Mathematics Across Cultures: The History of Non-western Mathematics, Springer, ISBN 1-4020-0260-2
- ↑ "trigonometry". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/605281/trigonometry. Qaraldi: 2008-07-21.
- ↑ Langermann, Y. Tzvi (1985), „The Book of Bodies and Distances of Habash al-Hasib“, Centaurus, 28 (2): 108–128 [111], Bibcode:1985Cent...28..108T, doi:10.1111/j.1600-0498.1985.tb00831.x