Habib Asadullo (1941-yil, Maymana shahrida tugʻilgan) – afgʻon yozuvchisi, adabiyotshunos. 70— 80-yillar davri adabiyotida vujudga kelgan „Yangi sheʼr“ oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar toʻplami – „Uch mardikor“ (1966). Asarlarining asosiy mavzusi oddiy mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida yozilgan. Ilmiy ishlari mumtoz va hozirgi zamon dari adabiyoti tarixiga bagʻishlangan. „Oqbadan“ (yoki „Oydin“, 1965), „Kishanlarni par-chalovchilar“ (1975), „Tun va qamchin“ (1978), „Oqshom ila diydor“ (1982), „Qizil maktub“ (1983), „Oʻroqlar va qoʻllar“ (1983—84), „Zulmat bilan vidolashuv“ (1985), „Soʻnggi orzu“ (1986) va boshqa asarlar muallifi.

Manbalar

tahrir
  • Oydin, T., 1982.