Habiba bint Ubaydulloh
Habiba bint Ubaydulloh (arab. حبيبة بنت عبيد الله) – Ubaydulloh ibn Jahsh va Ramla binti Abu Sufyonning qizi.
Habiba bint Ubaydulloh | |
---|---|
Turmush oʻrtogʻi | Dovud ibn Urva |
Ota-onasi | Ubaydulloh ibn Jahsh, Ummu Habiba (Ramla bint Abu Sufyon) |
Oilasi
tahrirHabibaning otasi Ubaydulloh Muhammad alayhissalomning ayollari Zaynab binti Jahshning ukasi edi.
Otasi islomni tark etib, nasroniylikni qabul qilganligi sababli ota-onasi ajrashgandan soʻng, onasi Ummu Habiba Muhammad alayhissalomga turmushga chiqqan. Shunday qilib, Muhammad alayhissalom uning oʻgay otasiga aylanganlar. U Dovud ibn Urva ibn Mas’ud Saqafiy bilan turmush qurgan[1].
U ba’zi islomiy tarjimai hol kitoblarida “Habiba bint Ummu Habiba bint Abu Sufyon” nomi bilan qayd etilgan. Bunga otasining islomni tark etishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ AlMaghrib Forums (Wayback Machine saytida 11-mart 2007-yil sanasida arxivlangan)