Hajar Abulfazl (1993-yilda tugʻilgan) — Afgʻonistonlik shifokor hamda Afgʻoniston ayollar futbol terma jamoasining sobiq sardori va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yoshlar Assambleyasining sobiq delegati.

Hajar Abulfazl
Tavalludi 11-noyabr 1993-yil (1993-11-11) (30 yosh)
Fuqaroligi Afgʻoniston
Kasbi Shifokor/Futbolchi

Yoshliki yillari tahrir

Abulfazl Qobulda tugʻilgan va 12 yoshida futbol bilan shugʻullana boshlagan[1]. U oʻz maktabidagi ayollar futbol jamoasiga qoʻshilgan[2]. U Afgʻoniston ayollar terma jamoasi sardori darajasigacha koʻtarilgan va 2009-yilning mayidan 2017-yilning yanvarigacha oʻn yilga yaqin vaqt davomida Afgʻoniston ayollar terma jamoasiga sardorlik qilgan[3][4][5].

Futbolchilik faoliyati tahrir

U 2010 va 2012-yillarda Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi chempionatida ishtirok etgan[2]. U yarim himoyada oʻynagan va Afgʻoniston futbol federatsiyasi ayollar qoʻmitasi rahbari lazvozimida faoliyat yuritgan (2012—2014)[3].

2016-yilda Abulfazl Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishki Yoshlar Assambleyasida Afgʻoniston delegati boʻlgan[6]. 2017-yil iyul oyida u qiyinchiliklarga va sinovlarga duch kelgan vaqtdagi shaxsiy jasoratlari uchun „Sportdan jasoratli foydalanish“ mukofoti bilan taqdirlangan[5]. U oʻz mamlakatining 17 yoshgacha boʻlgan qizlar futbol jamoasiga ustozlik qilgan[6].

Abulfazl sportchi boʻlishga qaror qilganida ota-onasi qoʻllab-quvvatlagan, biroq uning oilasining boshqa aʼzolari bunga rozi boʻlmagan[1]. U afgʻon qizlari va ularning ota-onalariga sport yutuqlari din va maʼdaniyatning talablariga xech qanday qarshilik koʻrsatmasdan ularga mos kelishini koʻrsatish uchun futbol oʻyinlarida hijob kiygan[7]. U Afgʻonistondagi qizlarni kuchaytirish uchun futboldan foydalangan.

Shifokorlik darajasi tahrir

Abulfazl Xatam-an-Nabiin universitetida tahsil olgan va u yerda 2017-yilda tibbiyot darajasida diplom olgan[6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „My Journey, My Dream: Hajar Abulfazil“ (en). www.girlpowerorg.com. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 Kumar. „This Is What An Afghan Female Athlete Looks Like“ (en). Bustle. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Hajar Abulfazl“ (en). www.facebook.com. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.
  4. Macur, Juliet. „Women Are Playing Today, and Leading Tomorrow“ (inglizcha). The New York Times (10-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.
  5. 5,0 5,1 „Beyond Sport“. beyondsport.org. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Dr. Hajar Abulfazl | sportanddev.org“. www.sportanddev.org. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.
  7. Alvarez. „Hijab in Sports: How Muslim Women Athletes Are Fighting for Acceptance“ (inglizcha). Rolling Stone (2017-yil 15-mart). Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.