Hajviya
Hajviya — badiiy adabiyot turlaridan; satira va yumor. Hajviy asarlar tanqidiy ruhda boʻladi. Oʻtmishda Sharq xalqlari, shu jumladan, oʻzbek adabiyotida, asosan, sheʼriyat va folklorda mustaqil janr sifatida rivojlangan. Ularda jamiyat hayotining, shuningdek, ayrim guruh yoki shaxslarning aksariyat yomon tomonlari tasvirlanadi. H.da tanqid qilinuvchi obʼyektga qaratilgan kinoyaviy masxaralovchi yoki fosh etuvchi kulgi asarning gʻoyaviy mundarijasini va badiiy vositalarini belgilaydi. H. turli janrlarda yozilishi mumkin. Mas, "Oʻlik jonlar" (N.V.Gogol) hajviy roman shaklida, "Maysaraning ishi" (Hamza), "Soʻnggi nusxalar" (A.Qahhor) hajviy pyesa shaklida, "Yovuz niyatli kishilar" (A.Che-xov), "Sudxoʻrning oʻlimi" (S.Ayniy), "Qabrdan tovush" (A.Qahhor) hajviy hikoya shaklida, "Toʻyi Iqon bachcha" (Muqimiy), "Hajvi yikchi eshon" (Zavqiy) hajviy sheʼr- shaklida, "Bizning mulohazalarimiz" (A.Qahhor) hajviy felyeton shaklida yozilgan.
Hajviy asarlarda voqeani boʻrttirib tasvirlash, mubolagʻa va fanta-ziyadan keng foydalanish xarakterli. H. jamiyat hayotidagi ayrim illatlarni yoʻqotishga, kamchiliklarni tuza-tishga, oldini olishga xizmat qiladi (yana qarang Satira).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |