Hakim Toirov (1947.8.8, Shofirkon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2003). Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1974). 1974-yildan Shofirkon tumanidagi 15maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtadi. "Atamalar toʻplami", "Mushoira darsi", "Oʻqituvchining lugʻat daftarchasi" kabi uslubiy qoʻllanmalar muallifi.