Hakim Karimovich Zaripov (1924-yil 17-sentyabr Toshkent — 2023-yil 18-yanvar) — oʻzbek-sovet sirk artisti, otliq-chavandoz, ot oʻrgatuvchi. 1980-yilda SSR xalq artisti boʻlgan.

Hakim Zaripov
Tavalludi 17-sentyabr 1924-yil
Vafoti 18-yanvar 2023-yil(2023-01-18)
(98 yoshda)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston SSR xalq artisti

Tarjimai hol tahrir

Hakim Zaripov 1924-yil 17-sentyabr Toshkentda Karim Zaripov oilasida[1] sirk artistlari sulolasi asoschisi xonadonida dunyoga kelgan.

1938-yil otasi Karim Zaripov boshchiligidagi „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblida sirkdagi faoliyatini otliq-chavandoz sifatida boshlagan. 1952-yildan 2006-yilgacha ana shu ansamblni boshqardi. Mazkur ansambl bilan Rossiyaning koʻpgina shaharlari va chet mamlakatlarida: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlandiyada xizmat safarlarida boʻlgan.

Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini, (Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi) keyinchalik Toshkent konservatoriyasi (ayni kunda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik boʻlimini) tamomladi.

U sirk jamoalari, dasturlari, turli sirklarning badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, yangi sirk qurilishi loyihalari hammuallifi sanaladi.

Koʻplab sirk artistlarini tayyorlagan. „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblini qayta tuzdi va u yerda shogirdlariga otlarni oʻrgatish va chavondozlik sirlarini oʻrgatdi. Shu paytgacha koʻpgina sirk artistlariga oʻrgatgan, ustozlik qilgandi[2].

Zaripov 2023-yil 18-yanvarda 99 yoshida vafot etdi[3].

Sulola vakillari tahrir

  • Otasi — Karim Zaripov (Karim Qiziq 1883 — 1960) sulola asoschisi, 1902- yilda „kauchuk“dan boshlagan, oradan biroz vaqt oʻtgach, havo gimnastikasi, masxaraboz, ot oʻrgatuvchisi, otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSR xalq artisti.
  • Onasi — Muborak Zaripova (1906 — 1992), birinchi oʻzbek masxaraboz ayoli, ot oʻrgatuvchi, otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1965).
  • Turmush oʻrtogʻi — Nina Dimitriyevna Zaripova (1924—2018), balerinachi, otliq-chavandoz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1965).
  • Qizi — Gavhar Zaripova (1949-yilda tugʻilgan) otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980).
  • Oʻgʻli — Anvar Zaripov 1956-yilda tugʻilgan, otliq-chavandoz, 2006-yildan buyon „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansambli jamoasi rahbari.
  • Nabirasi — Karima Zaripova 1982-yil tugʻilgan „kauchuk“ janridagi sirk artisti, xalqaro mukofotlar sovrindori.
  • Nabirasi — Erkin (Igor) Zaripov 1983-yil tugʻilgan, belbogʻli havo gimnasti, xalqaro mukofot va rekordlar sohibi, 2003-yildan buyon Dyu Soleyning „KA“, „Zumaniti“ va „Maykl Jekson“ sirk shoularida yakkaxon ijrochi sifatida faoliyat olib boradi.
  • Singlisi — Soyuza (Xolida) Zaripova (1927 — 2006), otliq-chavandoz (grotesk), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1955).
  • Singlisining turmush oʻrtogʻi — Sharifboyev Faxriddin Raximerdiyevich (1928—1997) otliq-chavandoz, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1969).
  • Jiyani — Zaripova Karima Faxritdinovna 1960-yil tugʻilgan, otliq-chavandoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2000).
  • Jiyani — Zaripov Ulugʻbek Faxritdinovich 1968-yil tugʻilgan, otliq-chavandoz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2004).

Mukofot va unvonlar tahrir

  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1954)
  • Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1964)
  • SSR xalq artisti (1980)[4]
  • Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi — koʻp yillik samarali mehnati, respublika sirkini rivojlantirishdagi xizmatlari va jamoa ishidagi faol ishtiroki uchun[5]
  • 12 ta turli ittifoq respublikalari Oliy Kengashlarining faxriy yorliqlari
  • Unvonlar
  • Medallar

Aktyorlik ishi tahrir

  • 1955-yil — Nesterka — epizod
  • 1956-yil — Dohunda — epizod
  • 1957-yil — Choʻldagi voqea
  • 1961-yil — „Muhabbat haqida qissa“- epizod
  • 1967-yil — Sovet sirki amerikalik Diana Shoor bilan  
  • 1978-yil — Chavandoz Zaripovlar
  • 1979-yil — Havo piyodalari — otliq-chavandoz
  • Tirik Afsona va Nurota qadamjolari (Hujjatli film).[6]

Havolar tahrir

  1. Dinastiya Zaripovix circuscollege.uz
  2. Zaripov, Xakim Karimovich Tass.ru
  3. „Ўзбекистон халқ артисти, цирк устаси Хаким Зарипов 99 ёшида вафот этди“ (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  4. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 14 fevralya 1980 goda № 1557—X "O prisvoenii pochyotnogo zvaniya „Narodniy artist SSSR“ tt. Zaripovu X. K., Olxovikovu N. L. i Oskal-oolu V. B." // „Vedomosti Verxovnogo Soveta Soyuza Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik“. — № 8 (2030) ot 20 fevralya 1980 goda. — St.145.
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 23 noyabr 1994 года № УП-1007 «О награждении Х.К. Зарипова Почетной грамотой Республики Узбекистан
  6. XAKIM ZARIPOV Kino-teatr.ru