Hakimxoʻja qozikalon
Hakimxoʻja qozikalon (1802 — Toshkent — ?) — Toshkentning soʻnggi qozikaloni. 1865-yilda Rossiya qoʻshinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan egallangach, Hakimxoʻja qozikalon Abulqosim eshon, domla Solihbek oxund singari nufuzli kishilar bilan M.T.Cher-nyayev qarorgohiga borib Toshkent shahrini idora etish xususida u bilan muzokara olib borgan (1865-yil 12-iyul). Hakimxoʻja qozikalon hamma masalada oʻz xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma tuzilishiga sababchi boʻlgan. 1866-yil Turkiston viloyati harbiy gubernatori general Romanovskiy nomiga laganbardorlar muhri bosilgan tavsifnomaga imzo chekmagani tufayli general bilan munosabati yomonlashgan.
1867-yilda fon Kaufman Toshkentga kelganida Hakimxoʻja qozikalon xususidagi taʼriflarni eshitib, uning uyiga boradi. U bilan suhbatlashib muammoli masalalarda uning maslahatlariga muhtoj ekanligini bildirgan. Kaufman usta diplomat boʻlgani uchun Hakimxoʻja qozikalondan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻladi. Bu hiylani payqagan qozi-kalon oʻz arizasiga binoan vazifasidan boʻshatiladi. Qozikalon mansabi bekor qilingach. Hakimxoʻja qozikalonning oʻgʻli muhiddinxoʻja qozi Sebzor qoziligiga saylanadi va 25 yilcha bu vazifani ado etadi.
Adabiyot
tahrir- Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1-j. (Tur-kiston chorizm mustamlakachiligi davrida], T., 2000.
Hamdam Sodiqov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |