Half-Life 2
Half-Life 2 (ingliz tilida - Yarim Hayot yoki Yarim Umir) Valve Korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan birinchi shaxs otishmasi janridagi videooʻyindir. U 1998-yilda ishlab chiqilgan Half-Life oʻyinining davomi oʻlaroq 2004-yilda ommaga havola etilgan.
Half-Life 2 | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Valve Corporation |
Nashir etuvchi | Valve Corporation |
Chiqarilgan sana | 16-noyabr 2004-yil |
Janr | Birinchi shaxs otishmasi |
Platformalar | Microsoft Windows, XBox, Xbox 360, PlayStation 3, OS X, Linux, Android |
Yuritkich | Source |
Keyingi soni | Half-Life 2: Episode One |
Half-Life 2 oʻzining ilgʻor grafikasi, fizik simulyatsiyalari, sunʼiy intellekti, animatsiyasi, tovush effektlari va juda ajoyib voqeligi (hikoyasi) uchun olqishlarga sazovor boʻlgan. Oʻyin 39 ta „Yil oʻyini“ mukofoti bilan taqdirlangan, videooʻyin tanqidchilari tomonidan ham ijobiy kutib olingan.[1][2][3] 2011-yilgi holatga koʻra oʻyin 12 milliondan ortiq nusxada sotilgan.[4] „Hamma vaqtning eng zoʻr oʻyinlaridan biri“ hisoblanadi.
Oʻyin taktikasi
tahrirOʻyin taktikasi oʻzining avvalgi sonidagisiga oʻxshab ketadi: bir necha boblarga boʻlingan va butun bir oʻyin davomida birorta ham uzilish boʻlmaydi. Qurollar oʻyin davomida yigʻib boriladi. Bosh qahramon Gordon Freeman oʻzining HEV-kostyumini kiygan holda turli qurollardan foydalanib dushmanlarga qarshi jang qiladi, oʻyin davomida bir necha jumboqlarni yechishiga toʻgʻri keladi. Oʻyin avvalgi Half-Life foydalangan GoldSrc engineʼning 40 million dollar sarflab rivojlantirilgan versiyasi boʻlmish Source engineʼda ishlaydi.
Half-Life 2 yangicha suv effektlarini, soya effektlarini, ovoz, yoritish tizimlarini taqdim etdi. Suv haqiqiy hayotdagidek koʻrinadigan boʻldi va endi u atrofdagi narsalarning aksini qaytarish xususiyatiga ega edi. Half-Life 2 ning eng katta yutuqlaridan biri unga fizik simulyatsiya qoʻshilgani boʻldi. U oʻyinchi atrofidagi barcha buyum, narsalarga taʼsir oʻtkaza oladigan video-oʻyinlar tarixidagi birinchisi edi. Endi oʻyinchi yengilroq narsalarni koʻtarishi, ogʻirroqlarini hech boʻlmasa oʻrnidan siljitishi, narsalarni hatto otib yuborishi mumkin edi. Shu imkoniyatlar bilan fizikaga asoslangan yangi jumboqlar taqdim etildi.
Syujeti
tahrirGordon va boshqa olimlar Qora Mesa Tadqiqot Markazida oʻzga sayyora — Zenga tasodifan yoʻl (Rezonans kaskadi)ni ochib qoʻyishganidan keyin bir necha yil oʻtib, Gordon sirli G-man tomonidan uygʻotiladi. Rezonans Kaskadi Combine (oʻqilishi: Kombayn), oʻzga sayyoralik hukmdorlar eʼtiborini tortadi va ular yerni 7 soat ichida bosib olishadi. Combine hukumatni qoʻlga oladi hamda insoniyatni shafqatsizlik bilan, boshqara boshlaydi. G-man Gordonni Sharqiy Yevropada joylashgan 17-shaharga olib keladi.[5] 17-shaharda Combine qal’asi joylashgan. Bu Qal’ada Qora Mesa Tadqiqot Markazining sobiq boshligʻi Doktor Valleys Brin Combine hukumatini oʻzga sayyoralik xayrixohlaridan olgan buyruqlari asosida boshqarib keladi.
Shaharda keyinchalik Gordon Qora Mesa ishchisi Barni Kalxoun bilan uchrashadi. Barni uni Qora Mesa olimlaridan biri Doktor Isak Kleynerning mahfiy laboratoriyasiga joʻnatadi. Yoʻlda qurolsiz Gordonni bir nechta Combine politsiyalar tutib oladilar. Ular Gordonni doʻpposlashayotgan paytda Qora Mesaning yana bir olimi Eli Vensning qizi Aliks Vens kelib qolib, uni qutqaradi hamda Gordon u bilan Kleynerning laboratoriyasiga yetib boradi.
Eli Vensning laboratoriyasiga teleportatsiya orqali borish muvoffaqiyatsizlikka uchraganidan soʻng, Freeman laboratoriyaga Combine politsiyalar bilan toʻla boʻlgan suv yoʻli orqali borishga majbur boʻladi. Yetib kelganidan keyin Eli Vensning laboratoriyasida yangi moslama — Gravitatsiya qurolini qoʻlga kiritadi. Combine laboratoriyaga hujum qilib Eli Vensni asirga oladi. Keyin Gordon va Aliks uni qutqarish uchun Nova Prospektga boradilar.
Nova Prospektda Aliksning otasini topadilar, lekin uni yana bir sobiq Qora Mesa ishchisi, ayni paytda Eli Vensning yordamchisi boʻlgan Doktor Judi Mosman sotqinlik qilib, Doktor Brinning oldiga olib ketadi. Gordon va Aliks esa yana 17-shaharga qaytadilar. Bu yerda ular Combineʼga qarshi urush boshlagan isyonchilar bilan birga jang olib boradilar va endi ularning maqsadi Qal’aga kirib, Aliksning otasini qutqarish boʻlib qoladi. Aliksni Combine askarlari tutib olib, shuundoq ham Qal’aga — Brinning oldiga olib keladilar. Gordon Freeman esa oʻzi Qal’aga kirishga muvoffaq boʻladi. Lekin Qal’a ichida uni ham tutib olishadi va endi hammalari — Gordon Freeman, Aliks Vens, Eli Vens hamda Judi Mosman Valleys Brinning oldiga yigʻilishadi. Doktor Brin shunda oʻzining qabih rejalarini aytadi. Bu Mosmanga aytganlariga teskari rejalar edi. Shunda Mosman qolganlarni ozod qiladi va Brin Rezinans Kaskadi orqali boshqa dunyoga qochib ketishga urinadi. Lekin Gordon va Aliksning qarshiliklari tufayli bunga erisholmaydi. Gordon Qal’a tepasidagi boshqa dunyoga yoʻl ochib turgan portal generatorni portlatib yuboradi va endigina portlash boshlanayotganda, soniyaning juda kichik boʻlaklari oʻtganda G-man vaqtni toʻxtatadi. G-man yana avvalgi oʻyindagi kabi Gordonga ish takliflarini eslatib oʻtadi va gʻoyib boʻladi. Shu bilan oʻyin yakunlanadi.
Qismlar
tahrirAytilganidek, Half Life 2 hech qanday uzilish-toʻxtalishlarsiz ishlaydi hamda oʻyinchi Gordon Freemanni butun oʻyin davomida erkin boshqarish imkoniga ega boʻladi. Faqat orada bir kartadan boshqasiga oʻtish uchun biroz muddat (bir necha soniya)ga oʻyin avtomatik toʻxtatiladi va „Yuklash“ sodir boʻladi. O'yin 13 ta bobdan iborat. Har bir bobdagi voqealar, joylar bir-biridan birmuncha farq qiladi. Bir bobdan boshqasiga oʻtilganini ekranda qaysi bob kelganini koʻrsatuvchi yozuv paydo boʻlganidan bilish mumkin. Quyida boblarning roʻyxati keltirilgan.
- 1-bob: Qoʻshilish Payti (Point Insertion);
- 2-bob: "Kalendardagi Qizil Kun" („A Red Letter Day“);
- 3-bob: Yoʻnalish Kanali (Route Kanal)
- 4-bob: Xavf-xatar Koʻli (Water Hazard)
- 5-bob: Sharqiy Qora Mesa (Black Mesa East)
- 6-bob: "Biz Ravengolmga Bormaymiz…" („We Donʼt Go To Ravenholm…“)
- 7-bob: 17-Katta Yoʻl (Highway 17)
- 8-bob: Qumtepalar (Sandtraps)
- 9-bob: Nova Prospekt (Nova Prospekt)
- 9a-bob: Qiyin Ahvol (Entanglement)
- 10-bob: Birinchi Raqamli Anti-Fuqaro (Anticitizen 1)
- 11-bob: "Freeman Bilan!" („Follow Freeman“)
- 12-bob: Xayrixohlarimiz (Our Benefactors)
- 13-bob: Zulmat quvvati (Dark Energy)
Qahramonlar
tahrirGordon Freeman Half-Life va Half-Life 2 (va uning epizodlari) oʻyinlarining bosh qahramoni, oʻynovchi shaxs Gordon Freeman sifatida oʻynaydi. U Massachussets Texnologiya Institutini tamomlagan, fizika fanlari doktori. Half Life oʻyinida Freeman Nyu-Meksikodagi Qora Mesa Tadqiqot Markazida ishlaydi.
Barni Kalxoun (Barney Calhoun) Half Lifeda Qora Mesa xavfsizlik soqchisi sifatida ishlaydi. Valvening yana bir video-oʻyini Half-Life: Blue shiftni oʻyinchi Barni Kalxoun sifatida oʻynaydi. Kalxoun Half-Life 2 va uning keyingi epizodlarida Freeman bilan birga Combine hukumatiga qarshi jang olib boradi.
G-man Half-Life seriyalarida doimo Freemanni kuzatib boruvchi qahramon. U oʻzining sirli, oʻziga xos xatti-harakatlari va imkoniyatlari bilan tanilgan. Bir joydan boshqa joyga tezda koʻchishi, vaqtni toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Oʻyin davomida baʼzan uzoqdan koʻzga tashlanadi va sirli tarzda gʻoyib boʻladi.
Aliks Vens (Alyx Vance) oʻyin va uning epizodlarida bosh qahramon Gordon Freemanning yaqin doʻsti va ittifoqdoshi. Qora Mesa olimi Doktor Eli Vensning qizi. Oʻyin boshida Gordon Freemanni Combinelar guruhi qoʻlga tushirganda uni qutqaradi va birinchi marta koʻrinish beradi. Keyinchalik u Freeman bilan birga Combine hukumatiga qarshi hamkorlikda jang olib boradi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.metacritic.com/game/pc/half-life-2
- ↑ https://www.pcgamer.com/half-life-2-review-june-2005-uk-edition/
- ↑ https://www.ign.com/articles/2004/11/15/half-life-2-review
- ↑ https://www.forbes.com/forbes/2011/0228/technology-gabe-newell-videogames-valve-online-mayhem.html#584c98cd3ac0
- ↑ https://www.giantbomb.com/city-17/3035-63/