Halqali chuvalchanglar

Halqali chuvalchanglar (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi. Chiqarish organi nefridiyalardan iborat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Ger-mafroditizm). 4 sinfi: koʻp tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.