Hamid Reza Derakhshan (talaffuzi: Hamid Rizo Deraxshon) (1959-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — eronlik sobiq professional futbolchi va murabbiy. Hamid Derakhshan oxirgi marta Azadegan ligasi vakili „Saipa“ futbol klubini boshqargan.

Hamid Derakhshan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hamid Reza Derakhshan
Tavallud sanasi 23-yanvar 1959-yil (1959-01-23) (65 yosh)
Tavallud joyi Tehron, Eron
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1975—1977 Mazda[1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977—1987 Persepolis 206 (58)
1987—1991 Qatar SC 73 (16)
1991—1992 Al-Sadd 15 (3)
1992—1994 Persepolis 39 (10)
Milliy terma jamoa
1976—1977 Eron U-20[1] 8 (?)
1980—1993 Eron 41 (9)
Boshqargan klublari
1994—1995 Persepolis
1997 Persepolis
2001—2002 Eron U-17
2004 Sorkhpooshan
2004 Homa
2009—2010 Paykan
2010—2011 Shahrdari Tabriz
2011—2012 Shahin Bushehr
2012—2013 Damash Gilan
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Derahshon bir qator klublarda, xususan, "Persepolis" futbol klubi hamda Eron milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Hamid Derakhshan „Persepolis“ klubida jami oʻn ikki yil oʻynagan edi. Undan soʻng,Hamid Derakhshan „Qatar SC“ va "Al Sadd" futbol klublarida besh yil oʻynadi. Futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Hamid Derakhshan „Persepolis“ futbol klubini 1994-yildan 1997-yilgacha boshqargan edi. Keyinchalik Hamid Derakhshan "Rah Ahan", "Paykan", "Shahrdari Tabriz", "Shahin Bushehr" va "Damash Gilan" kabi Eronning boshqa klublarini boshqargan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Hamid Derakhshan Eronning Tehron shahrida tugʻilgan. Derakhshan klubdagi faoliyatini „Persepolis“ futbol klubida boshlagan. „Persepolis“ futbol klubida oʻn yil toʻp surgandan soʻng, Hamid Derakhshan klubni tark etib, Qatarga yoʻl oldi va u yerda " Qatar SC" futbol jamoasiga qoʻshildi. Shundan keyin Hamid Derakhshan toʻrt yil davomida „Al Sadd“ futbol klubi safida toʻp surdi. Hamid Derakhshan 1990-yilgi Osiyo kubogi egalari kubogini „Persepolis“ futbol klubi safida qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, 1994-yilda Hamid Derakhshan nafaqaga chiqdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Hamid Derakhshan 1977-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Eronning 20 yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasi aʼzosi edi. Hamid Derakhshan Eron milliy futbol terma jamoasi safida 1980-yilgi Osiyo kubogi, 1982-yilgi Osiyo o'yinlari, 1984-yilgi Osiyo kubogi, 1986-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etdi.

Hamid Derakhshan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raq. Sana Joy Raqib Natija
1 1980-yil 5-avgust Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Birlashgan Arab Amirliklari 2-0
2 1980-yil 29-sentyabr Quvayt shahri, Quvayt   Shimoliy Koreya 3-0
3 1984-yil 15-avgust Jakarta, Indoneziya   Filippin 7-1
4 1984-yil 13-dekabr Singapur, Singapur   Saudiya Arabistoni 1-1
5 1986-yil 20-fevral Tehron, Eron   Gana 2-0
6 1991-yil 27-sentyabr Tehron, Eron   Jazoir 2-1
7 1993-yil 6-iyul Tehron, Eron   Suriya 1-1
8 1993-yil 18-oktyabr Doha, Qatar   Yaponiya 2-1
9 1993-yil 22-oktyabr Doha, Qatar   Iroq 1-2

Murabbiylik faoliyati tahrir

 
Hamid Derakhshan „Persepolis“ jamoasini Osiyo Chempionlar ligasida „Lekhwiya“ klubiga qarshi oʻyinda boshqarmoqda

Hamid Derakhshan murabbiylik faoliyatini 1995-yilda „Persepolis“ futbol klubi murabbiyi sifatida boshlagan. Hamid Derakhshan 2001-yilda Eronning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasini ham boshqargan. Biroq Hamid Derakhshan oʻz jamoalarida yoshi kattaroq oʻyinchilarni maydonga tushirgani maʼlum boʻlgach, ishdan boʻshatilgan. Hamid Derakhshan 2002-yilda qisqa muddat Branko Ivankovicning yordamchi murabbiyi sifatida ham ishlagan.

Hamid Derakhshan 2004-yildan 2008-yilgacha „Persepolis“ futbol klubining texnik menejeri boʻlgan. 2009-yilning yozida Hamid Derakhshan „Paykan“ futbol jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan. Hamid Derakhshan 2010-yil 10-oktyabrda[2] „Shahrdari Tabriz“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Hamid Derakhshan 2011-yilning 26-iyunida „Shahin Bushehr“ futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan. Hamid Derakhshan 2011-yil 5-oktyabrda isteʼfoga chiqdi. 2012-yilning 21-sentyabrida Hamid Derakhshan „Damash Gilan“ futbol jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biroq 2013-yilning 3-martida bir qator yomon natijalardan so‘ng Hamid Derakhshan ishdan bo‘shatildi.

2014-yil 10-sentyabrda Hamid Derakhshan „Persepolis“ futbol klubini boshqara boshladi. Biroq, Hamid Derakhshan 2015-yil 5-aprelda yomon natijalardan keyin isteʼfoga chiqarildi[3].

2017-yil 25-avgust holatiga ko'ra;
Jamoa Quyidagi sanadan

faoliyatini boshlagan

Quyidagi sanadan

faoliyatini yakunlagan

Natijalar
Oʻyin Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba qozonish%
Persepolis 1994-yil iyul 1995-yil yanvar 33 16 10 7 48,48%
Eron U17 2000-yil mart 2001-yil yanvar 13 9 0 4 69,23%
Paykan 2009-yil iyul 2010-yil iyul 35 9 15 11 25,71%
Shahrdari Tabriz 2010-yil oktyabr 2011-yil iyul 34 8 13 13 23,52%
Shahin Busher 201- yil iyul 2011-yil oktyabr 9 2 4 3 22,22%
Shahin Busher 2012-yil fevral 2012-yil aprel 4 0 3 1 00.00%
Damash Gilan 2012-yil sentyabr 2013-yil mart 22 6 9 7 27,27%
Persepolis 2014-yil sentyabr 2015-yil aprel 24 8 7 9 33,33%
Khoneh Be Khoneh 2016-yil mart 2016-yil aprel 5 0 4 1 00.00%
Naft Tehron 2017-yil iyul 2017-yil dekabr 16 3 4 9 18,75%
Jami 182 59 65 58 33,33%

Manbalar tahrir