Hamid Olimjon mahallasi
Hamid Olimjon mahallasi — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan biri. „Oqqoʻrgʻon“, „Darhon“, „Lashkarbegi“ mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi
tahrir1977-yilda „Hamid Olimjon“ metro bekati ochilishi munosabati bilan mahallaga shu nom berilgan. 1993-yilda „Yangi Darhon“ va Hamid Olimjon mahallalari qoʻshilib, shu nom Hamid Olimjon mahallasi deb nomlana boshlangan.
Aholisi
tahrirAholisi 3130 kishi, asosan (70 %) uzbeklar, boshqa millat vakillari xam yashaydi.
Mahalla tuzulishi
tahrirMahalla hududida Irrigatsiya va melioratsiya instituti, Respublika markazlashgan kardiologiya shifoxonasi va viloyat SES korxonalari bor. Mahallada akademiklar Yolqin Toʻraqulov, Gʻiyos Umarov, haykaltarosh V. Ryabsev va boshqalar yashab oʻtishgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 758.
Adabiyotlar
tahrirToshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.