Hamidjon Homidiy — (1935-yil, 14-oktyabr, Kosonsoy shahri, 2024-yil 11-yanvar) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1991), professor (1992).

Faoliyati tahrir

Toshkent davlat pedagogika universitetini bitirgan (1960). Kosonsoy tumani bosmaxonasida harf teruvchi, kassir (1951—1953), mudir (1954), oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1962—1966), oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti (1972), mudiri (1985—1992), ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim (1998—2002), mudir (2004) boʻlib faoliyat yuritgan.

Asarlari tahrir

„Barhayot sheʼriy qasr“ (1979), „Navoiy va Firdavsiy“ (1985), „Boqiy boʻston tarovati“" (1986), „Olis-yaqin yulduzlar“ (1990), „Shohnoma“ning shuhrati" (1992), „Qirq besh alloma hikoyati“ (1994), „Mashriqzamin — hikmat boʻstoni“ (1997), „Tasavvuf alolomalari“ (2004), „Nizomiy dilbandlari“ (2015), „Yillar samari“ (2016), „Oʻzbek pedagogikasi antalogiyasi“ (hammuallif 1994) va boshqa ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari muallifi[1].

Manbalar tahrir

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016].