Hammabop ingliz tili

Muxtorxon Umarxoʻja hamda Sharofiddin Olim qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob

„Hammabop ingliz tili: English for Everybody“Muxtorxon Umarxoʻja hamda Sharofiddin Olim qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. 1998-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyatida chop etilgan.

Hammabop ingliz tili: English for Everybody
Muallif(lar) Muxtorxon Umarxoʻja
Sharofiddin Olim
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i grammatika
Nashriyot Sharq nashriyot-matbaa konserni
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1998
Sahifalar soni 134

Qoʻllanma toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi qismda ingliz tili fonetikasi, ikkinchi qismda grammatik qoidalar, uchinchi qismda ogʻzaki nutqni oʻstirish uchun misollar, toʻrtinchi qismda turli vaziyatlar ifodalangan seanslar keltirilgan. Qoʻllanma ingliz tilini oʻrganishga qaror qilgan keng ommaga moʻljallangan. Shuningdek, mualliflar undan maktab, litsey va oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich bosqichida darsliklarga qoʻshimcha oʻquv vositasi oʻlaroq foydalanishni tavsiya qilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gʻ. Hoshimov – masʼul muharrir, I. Shoymardonov – nashr uchun masʼul, F. Nasharova – badiiy muharrir, D. Gabdraxmanova – texnik muharrir. Shuningdek, Oʻ. Yusupov, S. Rahumov va M. Abduvaliyevlar kitobni taqriz qilgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.