Hammom ibn Munabbih (arab. همام ابن منبه[4]) tobeinlar avlodidan boʻlgan islom olimi va hadis roviylaridan biridir.

Hammom ibn Munabbih
Tavalludi Oʻrta asrlar
Vafoti 719[1][2][3]
Otasi Munabbih ibn Komil

Biografiyasi

U Munabbih ibn Komilning o‘g‘li, Vahb ibn Munabbih esa uning ukasi edi. Uning asosiy shogirdi Ma’mar ibn Rashid bo'lib, u Hammomdan eshitgan rivoyatlarini Abdurazzoq as-San’oniy va Abdulloh ibn Muborakka yetkazgan.


Hammom vafot etgan sana haqida ulamolar orasida ixtilof bor[4]. Biografik manbalarda Hammomning vafot tarixi bo‘yicha ikkita qarama-qarshi sanalar keltiriladi. Birinchisi hijriy 101 yoki 102 (milodiy 719-720), ikkinchisi hijriy 131 yoki 132 (milodiy 749-750) yillardir[5].

Asarlari

“Sahifa Hammom ibn Munabbih” (Hammom ibn Munabbih sahifasi). Hammom Abu Hurayraning to’qqiz shogirdidan biri bo’lgan. Abu Hurayra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislarini mazkur shogirdlariga aytib berar edi. Ular hadislarni sahifalarga yozib borganlar. Sahifalar orasida faqatgina “Sahifa Hammom ibn Munabbih” sahifasi baʼzi manbalar[6] ichida bizgacha yetib kelgan. “Sahifa Hammom ibn Munabbih” kitobidan ilk iqtiboslar “Musannaf” kitobida keltirilgan. Hozirda sahifa to‘lig‘icha “Musnad Ahmad ibn Hanbal” hadis kitobidan joy olgan[6].

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. 4,0 4,1 Bennet, Clinton. The Bloomsbury Companion to Islamic Studies — 92 bet. „Scholars disagree on the date of Hammam b. Munabbih’s death. Muhammed Hamidullah, who first discovered and published the Sahifa gives the year as 101 AH/719 CE. Beeston and Dickinson follow Hamidullah in this, while Jonathan Brown gives it as 130 AH/748 CE.“ 
  5. G. H. A. Juynboll, Encyclopedia of canonical ḥadīth, Leiden 2007, 30.
  6. 6,0 6,1 http://quransmessage.com/articles/sahifah%20FM3.htm