Hamza Shinvoray Abdumurod
Hamza Shinvoray Abdumurod (1907—Peshovar shahri — 1994) — afgʻon shoiri. Ijodi 1923-yildan boshlangan. Lirik gʻazalnavis shoir sifatida tanilgan; hofizona ishqiy gʻazallari bilan katta shuhrat qozongan. Asarlarida pushtun xalqining orzu-umidlari, gʻam va hasratlari, ozodlik uchun kurashlarini yuksak badiiy saviyada kuylagan ("Uygʻonish", 1352). H.Sh. 50-yillarda ilk bor shoir Xushholxon Xat-tak (17-asr) sheʼriyatining maʼno va badiiy olami haqida yirik tadqiqot ishlarini olib borgan. 6 jildli asarlar toʻplami chop etilgan. Ularning asosiy qismini gʻazal, ruboiy, qitʼ-alar ham u yoki bu munosabat bilan yozilgan masnaviy, muhammas, qasida yoki boshqa janrlardagi sheʼrlar tashkil etadi. H.shahrining "Nido", "Ilm tolibiga", "Oʻzlik", "Sufiyga xitob", "Yosh afgʻon qoʻshigʻi", "Pushtunga", "Dard", "Zugʻum", "Komil inson", "Millat birligi" va boshqa shu kabi sheʼrlari shoirning vatan va millat dar-diga hamohang ijodining yorqin namunalaridir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |