Handalak
Handalak (Me1o spapda1ak) — QOVOQDOShlar oilasiga mansub eng ertapi-shar qovun turi. Oʻzbekistonda H.ning Koʻkcha H.-14 (P.N.Dudko), sariq H., Zamcha, Koʻk Kallapoʻsh, Bosvoldi, Obi Novvot va boshqa na&tari koʻp ekiladi. Koʻkcha H.-14 navining shakli yalpoq, kichik, ogʻirligi 0,7 — 2,5 kg.2 uyli oʻsimlik .Yuzasi silliq yoki bilinar-bilinmas tilimli. Toʻri toʻliq. Toʻni enli (1,5 sm) qoramtir-yashil tasma koʻrinishi-da. Mevasi pishish arafasida yashil, pishganda sariq rangda boʻladi. Uzoq joylarga tashishga chidamsiz. 1946-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan. Sariq H.ning shakli biroz yalpoq, oʻrtacha kattalikda, ogʻirligi 1,2—2,3 kg. Yuzasi qisman tilim-li, toʻri toʻliq, mayda katakli. Rangi sariq. Poʻsti yarim qattiq, eti sar-gʻish-oq, qalinligi 3,5—4 sm, tigʻiz, yumshoq, biroz shirinroq, hidli. tarkibida qand miqdori 4—5% (1,5 —2,4% saxaroza), quruq modda 6,1—7,8%. Niholi unib chiqqanidan soʻng mevasi 60—65 kunda pishadi. Hosildorligi 200—230 s/ga. Oʻzbekistonning janubiy rayonlarida, ayniqsa Samarqand viloyatida koʻp ekiladi.
Adabiyot
tahrir- Yermoxin V.N., Karimov K.K., Oʻzbekiston qovunlari, T., 1969.
Abdulaziz Abbosov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |