Hanifa Orziqulova

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Hanifa Orziqulova (1927-yil, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965), KPSS aʼzosi (1959)[1].

Hanifa Orziqulova
Tavalludi 1927-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Hanifa Orziqulova 1927-yil Shahrisabz tumanida tavallud topgan. Orziqulova Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi „Kommunizm“ kolxozida zveno boshligʻi (1954—1956), Denov tumanidagi tashkil etilgan bogʻcha-yasli mudirlari tayyorlash maktabi tinglovchisi (1957), kolxoz bogʻcha-yaslisida mudir (1958—1959). 1959-yildan esa brigada boshligʻi boʻlib ishlagan. Orziqulova boshchiligidagi brigadada 80 gektar maydonning har gektaridan 42,5 sentner (1965), 41,63 sentner (1971), 48,5 sentner (64 gektar, 1972) paxta yetishtirilgan. Oʻzbekiston KP 17—18-syezdlari delegati. 2 marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzSE 1976, s. 280

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VIII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1976 — 656-bet.