Haqqula Aliyev (1912, hozirgi Tojikiston hududi – 1971) – sovet tojiki qishloq xoʻjaligi rahbari, Tojikiston kolxozi raisi. 1951-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan, biroq 1964-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, 1974-yilda Qahramon unvonidan mahrum etilgan.

Haqqula Aliyev
Tavalludi 1912
Hozirgi Tojikiston hududi
Vafoti 1971
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941-1944-yillar
Mukofotlari
Isteʼfoda bosh agronom, kolxoz raisi, sudlangan

Tarjimai hol tahrir

Haqqula Aliyev 1912 yilda tugʻilgan, aniq tugʻilgan joyi nomaʼlum. Biroq, u hozirgi Tojikiston hududida joylashgan. Millati – oʻzbek[1].

1950-yillarda Proletar viloyati paxtachilik boshqarmasi bosh agronomi lavozimida ishlagan. U oʻzining mohir rahbarligi tufayli tuman boʻyicha paxta yig‘im-terim rejasini 19,1 foizga ortigʻi bilan bajarilishini taʼminlab, davlat mukofotiga sazovor boʻlish omkoniyatini qo'lga kiritdi. 1951-yil 26-iyunda Haqqula Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Soʻngra Tojikistonning Proletar (hozirgi Jabbor-Rasulovskiy) viloyatida joylashgan „Tojikiston“ kolxozining raisi lavozimiga tayinlandi.

1961-1962 yillarda kolxoz aʼzosi boʻlmagan 25 nafar fuqaroga 32 gektar kolxoz yerini ijaraga bergan. Xuddi shu davrda u islohotdan keyingi 12 000 sovet rublini oʻzlashtirishga muvaffaq boʻlgan. Bu qilmishlari uchun 1964-yil 17-fevralda Tojikiston SSR Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati Haqqula Aliyevni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud, shuningdek, Haqqula Aliyevni davlat mukofotlaridan mahrum etish haqida iltimosnoma kiritgan. Biroq Aliyev mukofotlarni oʻz ixtiyori bilan topshirishdan bosh tortgani uchun bu iltimosnoma SSSR Oliy Soveti Prezidiumiga oʻz vaqtida kiritilmagan. 1971-yil 5-yanvarda Tojikiston SSR Oliy sudi Aliyevni mukofotlaridan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ariza Moskvaga yuborilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1971-yil 4-fevralda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Aliyevni Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordenidan mahrum qildi[1].

Haqqula Aliyevning keyingi taqdiri haqida maʼlumot yoʻq.

Mukofotlari tahrir

Haqqula Aliyev avval taqdirlandi, keyin quyidagi mukofot va unvonlardan mahrum qilindi:

  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni (SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 26-iyundagi Farmoni, 1971-yil 4-fevraldan mahrum etilgan) – „1950-yilda sugʻoriladigan yerlarda yuqori paxta hosili olgani uchun“;
  • "Oʻroq va bolgʻa" oltin medali (1951-yil 26-iyun – № 6011, 1971-yil 4-fevralda olib tashlangan);
  • Lenin ordeni (1951-yil 26-iyun – 167918-son, 1971-yil 4-fevraldan mahrum etilgan).

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Алиев, Ш.М.; Ибаев, Ж.Г.; Алиев, М.Ш. (2019). „Метод анализа доменной структуры в микрочастицах магнитных порошков“. Письма в журнал технической физики. 45-jild, № 19. 47-bet. doi:10.21883/pjtf.2019.19.48319.17897. ISSN 0320-0116.