Harakatlanuvchi tasvir muzeyi
Harakatlanuvchi tasvir muzeyi (Museum of the Moving Image) — Astoriya deb nomlanadigan Kuins mavzesidagi kino, televizor, video va kompyuter oʻyinlari muzeyi.
1916-yilda Kino magnatlari Jessi Laski va Adolf Sukor oʻz studiyalarini birlashtirib, „Famous Players-Lasky“ kompaniyasini tashkil qilishdi va filmlar suratga olish uchun Nyu-Yorkda „Kaufman Astoriya studios“ studiyasi qurilgan. Bu yerda aka-uka Marksning ilk filmlari va kinematografiya tarixida oʻz izini qoldirgan baʼzi boshqa filmlar yaratilgan.
1970-yilda uzoq vaqtdan beri boʻsh turgan kinostudiyaning binolarini buzish haqida gap ketganda, uchastka Astoriya jamgʻarmasi tomonidan sotib olingan. 1988-yilda ushbu hududda AQSHda toʻliq kinematografiya tarixiga bagʻishlangan, eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan kinozalli birinchi muzey ochildi[1].
2008-2011-yillarda muzeyda keng koʻlamli rekonstruksiya amalga oshirildi, buning natijasida uning maydoni ikki baravar koʻpaydi. Kengaytirish muzey vasiylariga 67 million dollarga tushdi.
Harakatlanuvchi tasvir muzeyi nafaqat nodir kinolarni katta ekranda tomosha qilish, balki yangi premyeralarga bagʻishlangan davra suhbatlarini ham oʻtkazish imkoniyatini beradi. Geymerlarni „Astoriyaga“ videooʻyinlar va tegishli jihozlarning katta kolleksiyasi jalb qiladi[2].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Официальный сайт музея (Wayback Machine saytida 2016-11-02 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- Архитектурное решение(ingl.)